Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142
filename-167

XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi
http://eduportal.uz


53
1612-yili 
Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shini mag‘lubiyatga
uchradi.
1755-yili 
buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva uni-
versiteti tashkil qilindi.
XVI–XVIII asrlarda rus adabiyoti ham katta yuksalish yo‘lini bo-
sib o‘tdi. Bu davrda ijod qilgan 
G.D. Derjavin

D.I. Fonvizin
kabi
shoir va yozuvchilar zamonaviy rus adabiyotining shakllanishiga katta
hissa qo‘shdilar. Mashhur masalchi 
I.A. Krilov
ijodining boshlanishi
ham shu davrga to‘g‘ri keladi.
Pyotr I davridan boshlab, Peterburg va Moskvada juda katta
qurilish ishlari olib borildi. Shu yillari rus me’morchiligida Yevropa
va rus milliy an’analarini uyg‘unlashtirgan yo‘nalish vujudga keldi.
Shu davrda rus milliy teatri ham shakllandi. Uning asoschisi sav-
dogar 
F.G. Volkov
rus aktyorlarining butun bir avlodini tarbiyalashda
katta xizmat ko‘rsatdi.
XVI–XVIII asrlar Rossiya tarixida muhim davr bo‘ldi. Bu davr-
da Rossiya imperiya sifatida shakllandi, uning hududi ikki baro-
bardan ziyod kengayib, Yevropaning eng katta va harbiy jihatdan
qudratli davlatiga aylandi. Ammo qoloq ijtimoiy munosabatlar tu-
fayli Rossiya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda Yevropadan ortda
qolib ketdi.
Boyarlar dumasi 
Rus davlatida dastlab knyazlar, so‘ng podsho huzuridagi
Oliy davlat kengashi.
Sudebnik
– qonunlar to‘plami.
1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy
ahamiyati nimalardan iborat bo‘ldi?
2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi?
3. Ivan IV Grozniy joriy etgan oprichnina nima va undan qanday maqsad ko‘z-
langan edi?
4. Rossiyada romanovlar sulolasi hukmronligi qay tariqa o‘rnatildi?
Angliya, Fransiya qirollari va Rossiya podsholari o‘z siyosatlarida amalga oshirgan
eng muhim ishlarining ro‘yxatini daftaringizga tuzing.
Internet vositasida 
XVI–XVIII asrlarda Rossiya imperiyasi
ga virtual sayohat
uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni xronologiya
shakliga keltiring.
http://eduportal.uz


54

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə