Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
filename-167

11-mavzu:
 
XVIII ASRDA SHIMOLIY AMERIKA.
AMERIKA QO‘SHMA SHÒAÒLARINING
ÒASHKIL ÒOPISHI
Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari.
Buyuk geografik
kashfiyotlardan so‘ng Markaziy va Janubiy Amerikada Ispaniya va
Portugaliya mustamlakalari tashkil qilingan bo‘lsa, Shimoliy Amerika,
asosan, Angliya va Fransiya tomonidan egallab olindi.
1607-yili
Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun
tashkil qilindi. Ingliz mustamlakachilarining oqimi yil sayin oshib
bordi. Bu yerga puritanlar jamoalari, yerlaridan ayrilgan dehqonlar,
minglab yoshlar ko‘chib keldi. Shuningdek, mehnatga yaroqli ji-
noyatchilar ham hukumat tomonidan mustamlakalarga surgun qi-
lindi.
O‘rta asrlarda Amerikaning qaysi xalqlari o‘z davlatlarini barpo eta olishgan
edi?
Mustamlakachilar va hindular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
juda murakkab edi. Hindular yangi texnologiya va savdo-sotiqdan
foyda ko‘rishiga qaramasdan, inglizlar keltirgan kasalliklar va och-
ko‘zlik ularning azaldan shakllangan hayot tarziga jiddiy zarar yet-
kazdi.
Mustamlakalarda kichik fermer xo‘jaliklari keng tarqaldi. Asta-
sekin qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat o‘sib bordi,
XVII asrning ikkinchi yarmida birinchi manufakturalar paydo bo‘ldi.
Mamlakatda kapitalistik tuzum rivojlanayotgan bir sharoitda ame-
rikacha plantatsiya qulchiligi ham saqlanib qoldi. XVII asrdan bosh-
lab, Afrikadan ko‘plab qora tanli qullar olib kelindi.
Zamonaviy millatning shakllanishi. 
Angliya burjua inqilobidan
keyin Amerikadagi mustamlakalarda ham burjuacha boshqaruv usul-
lari va hayot tarzi shakllanib bordi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib,
mustamlakalarda yagona ichki bozor vujudga kela boshladi, savdo
aloqalari rivojlandi.

XVII asrning ikkinchi yarmidan ...

XVII asrdan boshlab, ...
http://eduportal.uz


55
Amerikada birga yashashning tarixiy tajribasi asosida ko‘chib kel-
ganlarning yagona tarixiy taqdiri yuzaga keldi. Ingliz tili ular uchun
umumiy til bo‘lib qoldi. Urf-odatlar va turmush tarzi bir xillashib
bordi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Amerikaning ko‘pchilik aholisi
o‘zlarini amerikalik deb atay boshladi. Ayni paytda o‘ziga xos milliy
madaniyatning ham tarkib topish jarayoni yuz berdi. Shu tariqa za-
monaviy 

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə