D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Lablanishlik-lablanmaslik belgisi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Lablanishlik-lablanmaslik belgisi 
O‘zbek adabiy tili unlilari uchun yana bir farqlovchi belgi lablanish-
lablanmaslikdir. Bu farqlovchi belgi ham barcha turkiy tillar unlilari uchun tipik 
sanaladi. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra unlilar binar zidlanishga ega bo‘ladi

а, ä, i, ï –
lablanmagan unlilar; 
о, ö, у, ÿ –
lablangan unlilar. Ko‘rinadiki, har qaysi 
lablangan unliga lablanmagan unli mos keladi. 
Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra binar moslik ko‘p hollarda buzilishi 
mumkin. Bunday nomuvofiqlik lablanmagan unlilarning nutq jarayonida lablanishida 
va lablangan unlining lablanish belgisini yo‘qotishida kuzatiladi. Xususan, o‘zbek, 
boshqird, tatar tillarida «a» ning lablanishi kuzatiladi. Boshqird, tatar tillarida nutq 
1
Қаранг: Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков.- Л.: Наука, 1970. –С.28.
2
Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С. 27-33.


22 
jarayonida «a» ning lablanish belgisiga ega bo‘lishi bu unli fonemaning kombinator 
variantini hosil qilsa, o‘zbek tilida dastlab variant holida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, 
lekin hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik qimmatga ega bo‘ladi.
1
O‘zbek tili fonetikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda «o» fonemasi-ning 
artikulyatsion-akustik belgisi turlicha talqin etiladi. Ayrim mualliflar lablangan unli 
desalar
2
, boshqa tadqiqotchilar lablanish belgisini inkor qiladilar.
Jumladan, prof. M.Mirtojiev bu ikki unli haqida quyidagilarni yozadi: «Yana 
o‘zbek tilida 
«o»
unlisi va Buxoro-Samarqand shevalariga xos 
«o»
unlisi bor. 
Bularda tilning old va orqa qismi bir xil holatda bo‘ladi. Shunga qaramay, uning 
urinib o‘tish joyi tilning orqasi bo‘lgani uchun, ularni ham til orqa unlisi deb 
qaraladi... O‘zbek tilida lablangan unlilar bir necha: 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə