D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


u, ü, ö, ө. Yana Buxoro- Samarqand shevalariga xos  «o»



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

u, ü, ö, ө.
Yana Buxoro-
Samarqand shevalariga xos 
«o»
unlisi ham lablangan bo‘lib, uning lablanishi boshqa 
lablangan unlilarga nisbatan juda pastdir. 
«o»
unlisini ba’zi adabiyotlarda lablangan 
deb ham qayd etiladi. Buning asosi bor. Chunki u lab tovushlari bilan yondosh 
qo‘llanganda, albatta, lablangan talaffuzga ega bo‘ladi. Biroq boshqa hollarda esa u 
lablanmaydi. Bu esa uning assimilyativ lablanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Asosan 
esa, bu tovush lablanmagan deb qaralishi kerak».
3
Yuqoridagi parchani o‘qigan har 
qanday fonologiyadan xabardor bo‘lgan o‘quvchi til sistemasida paradigmatik 
munosabatdagi unli fonema bilan uning sintagmatikadagi turli o‘zgaruvi 
(modifikatsiyasi) qorishtirilayotganligini payqaydi. 
O‘zbek tili fonetikasi (fonologiyasi) tarixi bilan shug‘ullangan yirik turkologlar 
«o»
fonemasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr bildiradilar. Ko‘pchilik 
«o»
fonemasi o‘zbek tilida umumturkiy orqa qator, keng, lablanmagan unlining nutq 
jarayonida, muayyan fonetik qurshovda lablangan variantda talaffuz qilinishi va 
davrlar o‘tishi bilan bu variantning fonologik qimmatga ega bo‘lib, mustaqil 
fonemaga aylanganini ta’kidlaydilar. 
Ye.D.Polivanov o‘zbek tilidagi singarmonizm qonuniyatining yo‘qoli-shi, 
unlilarning qatorga ko‘ra binar zidlanishining mo‘’tadillashuvi, keng, lablangan unli 
fonemaning (
«o»
) vujudga kelishini tashqi omil bilan, eroniy tillarning ta’siri bilan 
bog‘lagan edi.
4
F.A.Abdullaev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, singarmonizmning yo‘qolishidek yirik 
hodisani tilning o‘z ichki taraqqiyotini hisobga olmasdan, faqat tashqi ta’sir asosida 
tushuntirish turkologlar o‘rtasida haqli ravishda turli e’tirozlarning tug‘ilishiga 
sababchi bo‘ldi.
5
Shuningdek, 
o
ning kelib chiqishini faqatgina divergensiyaga bog‘lab qo‘yish 
ham mumkin emas. Chunki bir qator o‘zbek shevalari materiallari shuni ko‘rsatadiki, 
singarmonizm saqlanib qolgan holda ham birinchi bo‘g‘inda paydo bo‘lishi mumkin. 
Shu sababli A.K.Borovkov 

ning hosil bo‘lishini konvergensiya bilan birga 
pozitsion holat bilan ham bog‘lab asoslaydi. 
1
Шакиров Р.Д. Фонетический особенности говора татар. // Материалы по диалектологии. -Казань, 1955.-С.39.
2
Маҳмудов А. Унлилар. Умумий фонетикадан материаллар. -Тошкент: Фан, 1992; Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология 
и узбекский литературный язык. -Ташкент: Госиздат, 1933; Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва 
морфонологияси. -Тошкент: ўқитувчи, 1992. –Б.52.
3
Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.19.
4
Поливанов Е.Д. Звуковой состав ташкентского диалекта.//Наука просвещения. -№1,1922. -С.17.
5
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967. -С. 42; Березин Ф.М. История лингвистических 
учений.- М.: Высш. шк.,1975. -С. 84.


23 
O
fonemasining paydo bo‘lishi va uning lablanish darajasi haqida xilma-xil 
fikrlar bayon qilingan. Ularning barchasiga o‘z munosabat-larimizni bildirib 
o‘tirmasdan, A.Abduazizovning quyidagi fikrini keltirish bilan cheklanamiz: «Har 
ikki ta’sir (ichki va tashqi - D.N.) natijasida 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə