D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


men,  tat. Min «men»  (



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

men, 
tat. Min «men» 
(meng
«xol» (<рun,), o‘zbek tilining qipchoq shevalarida «bo‘yin» (Yuqoridagi so‘zlar boshidagi 

undoshi so‘z oxiridagi 
n, ng 
nazal 
undoshlarining regressiv assimilyatsiyasi natijasida etimologik nazal bo‘lmagan 
labial, portlovchi 
b, p 
undoshlarining nazallashuvidan hosil bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek 
tilining ayrim shevalarida bir xil fonetik qurshovda (pozitsiyada) nazal va nazal 
bo‘lmagan undoshlarning ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro ma’no almashinish 
holatlari uchraydi. Masalan, 
murun-burun, muncha-buncha
kabi. Bu esa hozirgi 
o‘zbek tilida nazallik belgisining fakultativligini ko‘rsatadi. 
Undoshlar tavsifi 
F
– jarangsiz, sirg’aluvchi, lab undoshi. Sof o‘zbekcha 
tuf, tuflamoq, puflamoq
kabi so‘zlar, 
xafa, daftar, faraz, fasl, foyda, fursat, fond, fotografiya, fonetika, fabrika
kabi o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi. Lekin jonli tilda aksariyat f o‘rnida p talaffuz 
qilinadi: 
fabrika > pabrika 
fasl > pasl 
foyda > poyda 
fizika > pizika 
V –
jarangli, sirg’aluvchi, lab undoshi. O‘zbek tilida aksariyat lablar 
ishtirokida talaffuz etiladi. Masalan, 
va ( ve ), vahm ( vehm ), vakil ( vek’l ), vazn 
(vezn)
. Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlarda v lab va tish ishtirokida talaffuz etiladi: 
velosiped, vagon, vazelin, vino, vint, vakuum 
va boshq. 
P
– jarangsiz, portlovchi, lab undoshidir. Sof turkiy so‘zlarning boshida kam 
uchraydi, lekin so‘zlarning oxirgi pozitsiyasi uchun mutlaq hokimdir. 
B
– jarangli, portlovchi, lab undoshi. Oxirgi pozitsiyadagi b tovushi talaffuzda 
jarangsizlashib, p ga yaqinlashadi, lekin yozuvda har vaqt b yoziladi. 
kitob > kitop 
javob > javop 
kelib > kelip 
olib > olip 
Bir qator so‘zlarda b ning m ga o‘xshash hollari kuzatiladi: 
bo‘yin > mo‘yin 
bunday > munday 
burun > murun 
Intervokal holatda bGavyrga, civin^. 
Shuningdek, ayrim so‘zlarda b < v almashinuvi kuzatiladi va bu yozuvda ham 
o‘z aksini topadi:
tovoq < toboq 
chivin < chibin 


35 
M
– portlovchi, sonor, lab undoshi. U so‘zning istalgan qismidan o‘rin olishi 
mumkin: 
kim, men, misol, malika, kamalak, mehmon, muhtaram, hammom
va b. 
S, z, sh, j, t, d, ch, n, l, r til oldi undoshlaridir. 
S
– jarangsiz, sig‘aluvchi, til oldi undoshi. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida, 
boshida va oxirida qo‘llanilishi mumkin: 
sabab, sabzi, sabr, sitam, salomat, masjid, 
musiqa, istirob, meros, ixlos, gilos
. Jonli tilda s  
chichqon, sochiq > chachiq. 
Z
– jarangli, sirg‘aluvchi, til oldi undoshi. U ham so‘zning barcha pozitsiyasida 
kelishi mumkin. Oxirgi pozitsiyada jarangsizlashib s ga o‘tadi: 
zulm, zumrad, muz, 
ko‘z, maza, ko‘za, so‘zla. 
so‘z > so‘s 
yuz > yus (yus so‘m) va b. 

– jarangli, tiloldi, portlovchi-sirg‘aluvchi (affrikat) tovush. Jonli tilda j ning 
ikki xil talaffuzi mavjud: qattiq dj va yumshoq j^. J^ tovushi asosan rus tilidan o‘tgan 
so‘zlarda va ayrim forscha so‘zlarda uchraydi, masalan, 
jurnal, jyuri, projektor, jeton, 
mujda, gijda
va h. k. Aksariyat hollarda dj talaffuz etiladi: 
jo‘ja, jo‘ra, juxori, javdar

Sh
– jarangsiz, til oldi, sirg‘aluvchi tovush. So‘zning barcha pozitsiyalari 
uchun xosdir: shalola, shamol, shoh, shoira, mushoira, kumush, mushtariy, oltmish. 
Ch
– jarangsiz, til oldi, affrikat tovush. Turli pozitsiyada kelishi mumkin: 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə