D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

chumoli, charx, chaman, chashma, musicha, sichqon, chegara, childirma
va h.k. 

– til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. Jonli tilda ayrim so‘zlarning oxirida 
tushishi mumkin, masalan: 
do‘st < do‘s, daraxt < darax, to‘rt < to‘r, musht < mush 
va shu k. T so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanilishi mumkin: 
tomosha, tom, tugma, 
tentak, xushtak, mushtak, o‘rtoq, po‘stloq


– til oldi, portlovchi jarangli tovush. Talaffuzda ayrim fonetik o‘zgarishlarga 
uchraydi. Jarangsiz undoshlar bilan yondosh kelganda bir muncha kuchsizlanadi, so‘z 
oxirida esa t ga yaqin tovushni beradi, masalan: 
ketdi>ketti 
ochdi>oshti 
murod>murot 
masjid>machit 
Ayrim so‘zlarning oxirida talaffuzda d tushib qolsa-da, yozuvda saqlanadi. 
baland > balan (t) 
xursand > xursan (t) 
Turkiy tillarda d undoshi ikkilamchidir, chunki u birlamchi t undoshining 
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan. Shuning uchun bir xil so‘zlar ayrim turkiy 
tillarda t bilan, boshqalarida esa d bilan ifodalanadi: 
tuv, tof. Idik ~ tat. Itek - etik 
olt. Odus ~ tur. Otuz - o‘ttiz 
oz. Das ~ tat., qum, qirg‘. Tas - tosh
1
va h.k. 
Ayrim turkiy tillarda esa d birlamchi b dan hosil bo‘lganligi haqida fikr 
bildirilgan. Masalan: tuv, qarang. Adaq ~ tur, olt. Ajaq (<*a aq) ady ~ tur. Ajy (< a 
y).
2
1
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
2
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.


36 

– til oldi, portlovchi, burun sonanti. Sof tilda so‘z boshida faqat so‘roq 
olmoshlarida, fe’llarda, sonda va ravishda qo‘llanilgan. Masalan
: nima, nechun, 
netay, necha, nari
va h.k. Boshqa pozitsiyalarda n ning qo‘llanilishi cheklanmagan: 
ona, mana, sen, kun, qanot, jon

Jonli so‘zlashuv tilida lab undoshlari bilan yondosh kelganda m ga o‘tishi 
mumkin: 
manba>mamba 
sunbul>sumbul 
o‘n besh>o‘m besh va h.k. 
L
– til oldi, sirg’aluvchi, yon sonant: 
lab, lola, latta, loy, bola, laylak
. Til oldi 
unlilari bilan yondosh kelganda old qator artikulyatsiyaga, til orqa unlilar bilan 
qo‘llanilganda esa orqa qator artikulyatsiyaga ega bo‘ladi. Masalan: 
bilim, kel, sol, 
kul, hil-hil; qo‘l, qil, qiliq, quloq. 
R
– til oldi, sirg’aluvchi, titroq sonant. Turkshunos olimlarning ta’kidlashicha, 
turkiy tillardagi r ning artikulyatsiyasi rus tilidagi r ga nisbatan past. 
E.R.Tenishev salar tilida r dan tashqari xitoycha shovqinli r borligini yozadi. 
Bunda r-z o‘xshash talaffuz etiladi. Masalan tiru [tirzu ]-chuqur. 
O‘zbek tilida r ni so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchratish mumkin:
Rashid, 
Gulnora, mardikor, oshkor, mirishkor
va h.k. 

– til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor tovush. Eski o‘zbek tilida y yondosh 
tovushlarga ta’sir etib, ularning palatallashishiga olib kelgan. Y so‘zning barcha 
pozitsiyalarida kela oladi. Masalan, 
yo‘ldosh, oy, yo‘l, kuyla, sayyora, maysa, 
yo‘rg‘a, kelay
va b. 
O‘zbek tilida k, g, ng, q, g‘, x til orqa undoshlaridir. Bunda k, g, ng tovushlari 
bir oz old artikulyatsiyaga, q, g‘, x esa bir muncha orqa artikulyatsiyaga ega. Shunga 
ko‘ra q, g‘, x undoshlari chuqur til orqa tovushlar deb ataladi. 
K
til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida 
uchraydi: 
kaklik, kiyik, kuyov, katta, ketdi, kelin, maktab, terak
. Jonli tilda turli 
variantlarga ega. 
Ayrim turkiy tillarda intervokal holatda k jaranglashadi, masalan: sol, tur. 
Ekinzi (ekuvchi) ~ qoz. eginsi, tat. Ig nc 
oz. akiz (egizak) ~ qoz. egiz.
1
Demak, o‘zbek tilining egiz (egizak) so‘zidagi g undoshi ham birlamchi k ning 
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan. 
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiriga egalik affikslari qo‘shilganda k < g ga 
o‘tadi: 
elak > elagi 
chelak > chelaging 
terak > teragimiz 
Ishtirok so‘zi bundan mustasno: ishtirok-ishtiroki. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda esa k 
o‘zi saqlanadi: 
chok > choki 
tok > tokingiz. 
1
Тенишев Э.Р. Саларский язык. М: Вост.литер., 1963. –С.14.


37 

– til orqa, jarangli, portlovchi undosh. So‘z oxirida g jarangsizlashib, k 
shaklida talaffuz etiladi, lekin yozuvda g saqlanadi: 
gul, gilos, bilag > bilak, barg > 
bark
. Barg so‘ziga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda jarangsiz k 
saqlanadi: Barg - barkka. 
G turkiy tillarda ikkilamchi tovushdir. U k tovushining kuchsizlanib, 
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan. 
Ng 
– til orqa, sonor undosh bo‘lib, so‘z boshida kela olmaydi. Ayrim so‘zlarda 
qismlarga ajratilgan holda talaffuz etiladi: 
singil [c’ng’l] 
yangi [yeng’] 
O‘zlashgan so‘zlarda esa birikma sifatida qabul qilinadi: 
tangens, ingliz tili, 
kongres.
Q
– chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh: qish, qush, qiz, qalam, quloq, 
bayroq, o‘toq, o‘roq. 
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affikslari qo‘shilganda q > g‘ ga o‘tadi: 
o‘rtoq > o‘rtog‘im 
o‘roq > o‘rog‘i 
qishloq > qishlog‘i 
bayroq > bayrog‘i 
Ittifoq so‘zi bundan mustasno. 
Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarishlar sezilmaydi. Lekin ayrim so‘zlarda, 
masalan, yoq (tomon) va yo‘q so‘zlarida q>g‘ ga o‘tadi. 
Bir yog‘i uzumzor, bir yog‘i mevazor. 
Bor-yo‘g‘idan ayrildi kabi. 
X
– fonemasi chuqur til orqa q ning spirantidir: 
xabar, xat, xizmat, xirmon, 
no‘xat, yaxshi
. X fonemasi asosan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi. 
Q‘
chuqur til orqa, jarangli, sirg’aluvchi: 
g‘azab, g‘alaba, g‘ayrat, g‘o‘za, 
tog‘, bog‘, sog‘lom, sog‘inch

Bog‘, tog‘
kabi so‘zlarga jo‘nalish kelishigi 
qo‘shimchasi qo‘shilganda, g‘ > q ga o‘tadi va yozuvda ham saqlanadi: 
bog‘ > boqqa 
tog‘ > toqqa 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə