D. O‘rinbayeva m. Rahimova


Saylanma diktant bir necha turga bo‘linadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

Saylanma diktant bir necha turga bo‘linadi: 
Ta’kidlovchi saylanma dikatnt. 
Tushuntiruvchi saylanma diktant. 
Nazorat saylanma diktant. 
 
 
 


12 
ERKIN DIKTANT 
Erkin diktantda o‘quvchi matnning umumiy mazmunini saqlagan 
holda, ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini boshqa so‘z yoki so‘z birikmalari 
bilan almashtira oladi. Bu jihatdan erkin diktant bayonga yaqin turadi. 
Ma’lum orfogrammani mustahkamlash uchun mazmun va til jihatidan 
o‘quvchilarning bilim darajasiga mos matn tanlanadi. Matnni avval 
o‘qituvchi o‘qib beradi. Mazmunini bir o‘quvchidan so‘raydi. 
Orfografiyasi mustahkamlanishi kerak bo‘lgan so‘zlar tahlil qilinadi. 
Keyin o‘qituvchi birinchi xatboshi (abzas) ni o‘qiydi. O‘quvchilar eslab 
qolganlaricha yozadilar. Bunda gaplar soni asliga qaraganda ko‘payishi 
yoki kamayishi, bir so‘z o‘rniga uning sinonimi ishlatilishi mumknn. 
Lekin abzasdagi mazmun, mustahkamlanayotgan orfogramma saqlanishi 
shart. Shu asosda qolgan xatboshilar ham yozdiriladi. 
Diktant tamom bo‘lgandan so‘ng, o‘quvchilar o‘z yozganlarini 
grammatika, orfografiya, punktuatsiya qoidalariga ko‘ra tekshirib 
chiqadilar. Keyin o‘qituvchi daftarlarni yig‘ib oladi. Tekshirish vaqtida 
imlo bilan birga mazmunga ham e’tibor beriladi. 
Erkin diktantda ayrim o‘quvchilar ba’zi qiyin so‘zlarni atayin tashlab 
ketadilar. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun matn 
mazmunini erkin ifodalashda o‘qituvchi ko‘rsatgan so‘z va iboralarni 
saqlab qolish shart ekanligi tushuntiriladi. 
Erkin diktant, ayniqsa, o‘qilgan matnni ko‘proq eslab qolish, 
boshqalarning fikrini bayon qila olish malakasini hosil qilishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
GRAMMATIK TOPSHIRIQLI DIKTANT 
Bunday diktant turida o`quvchilarning grammatik, jumladan, mustaqil 
va yordamchi so`z turkumlarini to`g`ri qo`llash layoqatlari, imlo 
savodxonligi aniqlanadi. Diktovka qilib yozilgan matnni o‘quvchilar turli 
grammatik topshiriqlar orqali tahlil qiladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə