D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
ILM 
Buzurgmehrdan so‘rashdi: “Yigitlikda qaysi ish yaxshi va qarilikda 
qaysi ish?” U: “Yigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilikda uni amalga 
keltirmak yaxshidir”, - deb javob berdi 
(25 ta so‘z).
KITOB 
Kitob – mashg‘ullik paytingda o‘zi so‘z boshlamaydigan, ish 
vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko‘rinishing shart 
emas. Kitob – senga laganbardorlik qilmaydigan o‘rtoq, seni aldamaydigan 
do‘st, malol kelmaydigan yo‘ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo‘ydir. 
(Ahmad ibn Ismoil) 
(29 ta so‘z).
AXLOQ 
O‘rinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib 
bo‘lmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmay turib, o‘rinli, axloqli va 
adolatli yashab bo‘lmaydi (Ekipur).
 
(22 ta so‘z).
AQLLI ODAMLAR 
Aqlli odamlar doimo buyuk sinovlardan o‘tgan kishilar yo‘lini 
tanlashi va ajoyib shaxslarga taqlid qilishi kerak, chunki u mabodo o‘sha 
buyuklik darajasiga ko‘tarila olmagan taqdirda ham har nechuk ozgina 
bo‘lsa-da uning yog‘dusini emadi (Makiavelli). 
(32 ta so‘z).


21 
ODOB 
Bir o‘zing holi qolganda ham badxoh ishga qo‘l urma, yomon so‘z 
aytma. Boshqalarga qaraganda o‘z - o‘zingdan ko‘proq istihola qilishni 
o‘rgan (Demokrit). 
(21 ta so‘z).
 
MEHNAT 
Mehnat butun odamzod tirikligi uchun birinchi asosiy shartdir, – 
shuning uchun biz ma’lum ma’noda: insonning o‘zini mehnat yaratgan
deyishimiz mumkin 
(19 ta so‘z).
SABR-QANOAT 
Hamma odamlar ham buyuk ish qilishlari shart emas. Ko‘pincha 
oddiy sabr - qanoatning o‘zi ham kuch - qudratning buyuk ramziga 
aylanishi mumkin 
(22 ta so‘z).
AHILLIK 
Do‘stlikka sadoqat va uni avaylashning eng yaxshi yo‘li biz nima 
bilan mashg‘ulligimizni bir-birimizga aytib turishimizdir. Odamlar o‘z 
faoliyatlari tufayli bir - birlari bilan yanada ahilroq bo‘lib ketadilar 
(27 ta 
so‘z).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə