D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


TABIIY MATERIALDAN O`YINCHOQLAR YASASH



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

TABIIY MATERIALDAN O`YINCHOQLAR YASASH. 
Tabiiy 
materiallar tarbiyachi rahbarligida 
ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiya uyushtirishdan 
oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. 
Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg 
plastinkalarining 
shaklini, 
daraxt 
navlarini 
aniqlaydilar. 
Shundan 
so'ng 
uyushtiriladigan 
ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida 
alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, 
akatsiya 
daraxtlari, 
hasharotlar, 
ninachi)lar 
aniqlanadi. Bolalarning e'tiborlari va aqliy faoliyatlarini 
kuzatilayotgan obyektning zarur bo'lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini 
ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi. 
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan 
qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun 
go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik 
xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. 
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib 
borishiga qarab, ularning e'tibori barglarning shakli, 
daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda 
o'simliklarda sodir bo'layotgan ichki jarayonlar qisqa 
va tushunarli shaklda bayon etib beriladi. Shundan 
keyin bolalarning e'tibori atrofda uchib yurgan 
kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga 
jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning 
tuzilish shakllari mehnat darslarida hasharotlar 
applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to'plangan 
barglar material xizmatini o'tashi kerak. 
Bolalar barglarni to'plar ekanlar, ularning 
ranglari, shakllarini qiyoslashni o'rganadilar, bu 
ularning kuzatuvchanligini o'stirishga yordam 
beradi. To'plangan barglar oldindan tayyorlab qo'yilgan daftar varaqlari orasiga 
qo'yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg'ulotlarigacha rangini 
yo'qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. 
Har 
bir 
ekskursiyada bolalarning e'tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta 


86 
jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan 
bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri 
tushirilgan rasmlarni ko'rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangi 
qandayligiga alohida e'tibor berish topshiriladi. 
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg'ulotda bolalar applikatsiyalarni zo'r 
ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o'z istaklariga ko'ra, o'zlari 
to'plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə