D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


O'SIMLIK BARGLARINI QURITISH VA UNDAN APPLIKATSIYA



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

O'SIMLIK BARGLARINI QURITISH VA UNDAN APPLIKATSIYA. 
O'simliklarni quritib 
olish. O'simliklarni to'plash va 
quritib olishda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta 
bo'lishi kerak. O'simliklarning gullari, barglari, poyasi 
va shu kabilarni to'plash maqsadida ekskursiyaga 
chiqilganda bir juft gazeta, qaychi bo'lishi shart. 
Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib 
bilan joylanadi. Gullarni qo'l bilan sindirib olib 
bo'lmaydi, aks holda, poyasi zararlanishi mumkin. 
Quritib olishga mo'ljallangan o'simliklar har qanday 
namlik (yomg'ir yoki shudring)dan xoli bo'lishi kerak, 
aks holda, o'simlik quritilganda unda dog`larning izi qoladi. Quritilayotgan 


82 
o'simliklarda tabiiy rangni asrab qolishning eng muhim sharti ularni shamol o'tib 
turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O'simliklarni quritish 
3 sutkadan ortiq davom etmasligi kerak. Turli o'simliklarni to'plashning o'z 
muddatlari bo'ladi. 
Tabiiy materialiarni to'plash, avvalo, insonning oldiga qo'ygan maqsadga bog`liq 
bo'ladi. Masalan: barglarni, gullarni, urug'larni to'plab, keyin ulardan nimani va 
qanday ishni bajarishni aniqlab olish lozim. 
Barglarni gerbariy ramkalarida quritish. 
Gerbariy ramkalarida quritilgan 
o'simliklarning ko'pchiligi o'zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o'simlik 
yumshoq qog'oz va gazeta orasiga solib qo'yiladi. Har bir qog'oz va o'simlik orasiga 
yana bir necha qavat gazeta qo'yiladi, chunki quritilayotgan o'simliklar o'zidan 
namlik chiqaradi. Shundan so'ng ikkita to'rsimon ramka o'rtasiga qo'yilib ochiq 
havoda quritiladi. 
Taxtakachda bostirib quritish. 
Orasiga o'simlik solingan qog'ozlar gerbariy 
papkasi o'rniga ikkita faner listlari o'rtasiga joylanib, og'ir narsa bilan bostirib 
qo'yiladi. Og'irlik taxtakachda qancha o'simlik joylashtirilishiga bog'liq. Mayda 
nozik o'simliklar kam og'irlikni, quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 
soatdan keyin ustiga qo'yilgan qog'ozlar almashtiriladi. Nam bo`lgan qog`oz olib 
tashlanib, yangisi qo`yiladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi. Quritishning yana 
bir usuli dazmolda quritishdir. Issiq dazmolda burglar, poyalar, maysalar, gullar 
quritiladi. Bunda o`simlik o`zining rangini yo`qotmaydi. Agar quritilgan o`simlik 
ko`rsatilganda o`z tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan bo`ladi, sinib ketsa 
demak, ortiqcha quritilgan hisoblanadi. 


83 


84 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə