D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə107/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Bosh (general) budjet – subektning hamma faoliyatini qamrab olgan moliyaviy xujjat.


Budjet – rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat qilish vositasi va tartibga solish usuli.


Boshqaruv bosqichi–tegishli vaqt oralig‘ida boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi.


Budjet (smeta)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko‘rsatadigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko‘rinishidagi miqdor rejadir. Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
371
Budjetlashtirish – subekt va uning bo‘linmalarining faoliyatini boshqarish usuli.


Vertikal tahlil – har bir ko‘rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga chiqishning umumiy hajmidagi ularning o‘zgarishini o‘rganish.


Gorizontal tahlil – o‘tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta xarajatlarining o‘rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.


Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo‘ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lishi.


Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlaridan tashkil topgan.


Degressiv xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o‘sish darajasi subekt ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda qoladi.


Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə