Dangasalik. Reja: Iroda kuchi. Irodasizlik, Dangasalik



Yüklə 28,14 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü28,14 Kb.
#129241
1   2   3   4   5
Irodasizlik.

rodaning ahloqiyligi
Irodaning ahloqiyligi deganda biz, odatda, kishi oldiga qanday maqsadlar qo’yganligini, bu maqsadlarga qanday vositalar yordami bilan erishilishini, irodaviy intilishlar (hohishlar) qanday mayillar tufayli tug’ilishini, ma’lum bir qarorga kelishda kishi qanday tamoyillarga tayanishini nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining ahloqiy sifatlari namoyon bo’lishi tufayli iroda kuchi ijobiy sifat deb hisoblaniladi. Boshqa bir tomondan olganda, odamlarning ahlo­qiy sifatlari haqida quruq gaplarga qarab emas, balki shu odamlarning ahloqiy kiyofalari namoyon bo’ladigan irodaviy harakatlariga qarab hukm chiqaramiz. Shuning uchun kuch­li irodaning – mardlik, o’zini tuta bilish, qat’iyatlik, chi­damlilik va botirlik kabi xususiyatlari bizda inson ahloqiy sifatlarining namoyon bo’lishi deb hisoblaniladi.
Mustaqillilik amalga oshirilayotgan va amalga oshirilgan hatti-harakatlar uchun javobgarlikni sezishda ko’rinadi.
Javobgarlikni sezish deganda biz ayni shu harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch hosil qilishni tushunamiz. Qandaydir xato va yanglishga yo’l qo’yib yuborilgan vaqtda javobgarlikni sezish – o’z xatolariga samimiy, beg’arazlik bilan va ochiq tan berishda hamda hakqoniy tanqidga diqqat bilan quloq solishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish – o’z xatolarini tuzatishga tayyor turish va haqiqatan ham uni tuzatish demakdir.
Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikrlarini, maslahatlarini va takliflarini tanqidiy mulohaza qilib qarashda ham ko’rinadi. Kishi boshqa odamlar bergan maslahat va takliflarining to’g’riligiga ishonib harakat qilar hamda bu maslahat va takliflarning jamiyat manfaatiga va ahloq tamoyillariga mos ekanliklarini tushunar ekan, buning bilan u o’z mustaqilligini namoyon qilgan bo’ladi.
Mustaqillilikni irodaning negativizm va qaysarlik kabi salbiy ko’rinishlaridan ajrata bilish lozim.
Negativizm boshqa kishilarning hamma taklifiga, ya’ni buyruqlarga, qoidalarga, maslahatlarga va boshqa yo’l bilan o’tkaziladigan qanday bo’lmasin ta’sirga asossiz qarshilik qilish demakdir. Negativizm ikki turli bo’ladi; passiv va aktiv negativizm. Passiv negativizm shundan iboratki, bun­da kishi taklif qilingan ishni qilmay, o’z holatida qolaveradi. Aktiv negativizm esa boshqalar hohlagan va taklif qilgan ishni qilmay, uning aksini qilishdan iborat bo’lgan terslikdir.
Negativizm hodisasini uch yoshdan etti yoshgacha bo’lgan bolalarda, ayniqsa kattalar tomonidan suyultirib yuborilgan va barcha ishlarini boshqa kishilar qilib beradigan bolalarda uchratish mumkin. Bunday o’jarlik bolalarda, ko’pincha qandaydir mustaqil faoliyat sohasida o’z faolliklarini ko’rsatish imkoniyati berilmagan taqdirda paydo bo’ladi.


Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə