Daromad-isteʼmol chizigʻi va uning tahlili


II Bob. Istemol tanlovi nazariyasi va uning iqtisodiyotdagi o’rni



Yüklə 170,58 Kb.
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü170,58 Kb.
#163709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Daromad istemol

1.2. Daromad va iste'mol o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik.


II Bob. Istemol tanlovi nazariyasi va uning iqtisodiyotdagi o’rni


2.1. Daromad va almashtirish samarasini talab o`zgarishiga ta′siri
Daromad va almashtirish samaralari. «Daromad-iste'mol» chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini ( narxlar o‘zgarganda) iste'molga ta'sirini o‘rgangan edik. «Narx-iste'mol» chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne'mat bilan boshqa bir ne'matni nisbiy almashtirishga ta'siri o‘rganiladi. Endi biz X1 ne'matga bo‘lgan talabni o‘zgarishining qancha qismi narx bilan bog‘liq va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday o‘zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i siljiydi va iste'molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne'matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne'mat (B) bilan boshqa ne'mat (A) almashtiriladi.
Ne'matlar majmuasiga (A va B ne'matlar) bo‘lgan talab o‘zgarishining qancha qismi real daromad ta'siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 3-rasmda byudjet chizig‘ining boshlang‘ich holati BA va A ne'mat narxi pasaygandan keyingi holati BA' keltirilgan. Boshlang‘ich byudjet chizig‘ida U befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua E nuqta bilan ifodalangan.




3-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi.


E nuqtada iste'molchi B ne'matdan B1 miqdorda, A ne'matdan A1 miqdorda sotib oladi. A ne'matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA' byudjet chizig‘i bilan U2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E3 nuqtaga o‘tadi. E3 nuqtada iste'molchi B3 miqdorda B ne'matdan va A miqdorda A tovardan sotib oladi.
Demak, A ne'mat narxining pasayishi iste'molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya'ni uning o‘z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. Bu yerda A ne'matni iste'mol qilish hajmining umumiy o‘zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda AA bilan belgilangan. Iste'molchi boshida 04 miqdorda A ne'matdan sotib oladi, narx o‘zgargandan keyin sotib olish hajmi 0A3 ga o‘zgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqardi.

Yüklə 170,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə