Daromad-isteʼmol chizigʻi va uning tahlili


Talab va taklif elastikligi



Yüklə 170,58 Kb.
səhifə9/9
tarix27.12.2023
ölçüsü170,58 Kb.
#163709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Daromad istemol

2.2. Talab va taklif elastikligi
Bozor talabi alohida bozordagi iste'molchilarning individual talab lari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizig‘i esa ma'lum bzordagi iste'molchilarning individual talablari chiziqlarini qo‘shish orqali olinishi mumkin.
Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B va V iste'molchilar harakat qiladi deylik.
quyidagi jadvalda (5.1-jadval) har bir iste'molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga bo‘lgan talabi keltirilgan.
1-jadval.

Iste’molchilar,
Oziq-ovqat birlikda"'—-^^ narxi, P so‘m

A

B

V

Umumiy
bozor
talabi,
birlikda

1

4

6

8

18

2

3

5

7

15

3

2

4

6

12

4

1

3

5

9

5

0

2

4

6

Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirigan va ular iste'molchilarning individual talablarini qo‘shish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1 so‘m bo‘lganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi: 4+6+8 = 18.


Quyidagi 4-rasmda ushbu iste'molchilarning talab chiziqlari va bozor talab chizig‘i keltirilgan. Bozor talabi chizig‘i har bir iste'molchining berilgan narxlardagi talablarini qo‘shish orqali hosil qilingan.

4-rasm. Iste’molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizig‘i.

Q oziq-ovqat, birlikda

Iste'molchilarning individual talablari chiziqlari to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lgani bilan bozor talab chizig‘i ham to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori narxlarda ba'zi bir iste'molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.
Bozor talabi chizig‘ining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste'molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, narx 3 so‘m bo‘lganda, bozor talabi 12 birlik bo‘lib, u A, B va V iste'molchilarning narx 3 so‘m bo‘lgandagi talablari yig‘indisiga teng (2 + 4 + 6) = 12.
Yana shuni ta'kidlash lozimki, iste'molchilar talablariga ta'sir qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta'sir qiladi. Masalan, iste'molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizig‘ini o‘ngga, tepaga siljitadi yoki bo‘lmasa, iste'molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziq-ovqatga bo‘lgan talabini oshiradi. Bu o‘z navbatida bozor talab chizig‘ini o‘ngga-tepaga siljishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste'molchilar talablarini yig‘ishga, har xil hududlarda yashovchi iste'molchilar talablarini yig‘ishga to‘g‘ri keladi. Masalan, muzqaymoqqa bo‘lgan bozor talabi o‘rganilganda yosh bolalar talabi, o‘smirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxo‘rlar talabi to‘g‘risidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu masalani hududlar bo‘yicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizig‘ini va shu bilan birga individual talab chizig‘ini ifodalashda tovarlarning narx bo‘yicha elastiklik koeffitsiyentidan foydalanish mumkin. Biz yuqorida ko‘rgan edikki, agar talab narx bo‘yicha elastik bo‘lsa, narxning pasayishi iste'molchini tovardan ko‘proq sotib olishga undaydi. Natijada iste'molchining tovar sotib olishga sarfi o‘sadi, narx oshganda iste'molchi sarfi kamayadi.
Agar talab elastik bo‘lmasa, narx oshganda iste'molchi sarfi ham oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordiyu talab birlik elastiklikka ega bo‘lsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste'molchining tovar sotib olishga sarfi o‘zgarmaydi.


XULOSA
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda “Mikroiqtisodiyot” fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo‘lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo‘jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor sub'yektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. Bozor sub'yektlari deganda iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar (har xil mulkchilikka asoslangan kolrxonalar), yollanma ishchilar, mablag‘ qo‘yuvchilar, yer egalari-umuman iqtisodiyotni ishlashiga va rivojlanishiga ta'sir ko‘rsata oladigan har shaxs va xo‘jalik sub'yekti tushiniladi. Bu yerda davlat, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning ayrim korxonalari olinib, ulardagi daromadlar va xarajatlar, ishchilarning soni va ularni ish bilan ta'minlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar o‘rganiladi..


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. G‘ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu. Mikroiqtisodiyot. -T.: Sharq, 2001.

  2. Robert Pindayk, Daniyel Rubinfeld. Mikroiqtisod. Inglizchadan tarjima. -T.: Sharq, 2002.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.— Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017.

  4. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010 yil 52 bet

  5. Jo’rayev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” (o’quv qo’llanma). “Fan va texnologiya nashriyoti”. Toshkent-2017

  6. A. O’lmasov, A.Vahobov “Iqitsodiyot nazariyasi”. “Iqtisod-moliya”. Toshkent-2014

Yüklə 170,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə