Daromad-isteʼmol chizigʻi va uning tahlili


Bozor muvozanatini ta’minlash



Yüklə 170,58 Kb.
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü170,58 Kb.
#163709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Daromad istemol

1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini belgilab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovargabo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.
3. Raqobat vositasi. Ma’lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyo-tining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.


Yüklə 170,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə