Daromad va xarajatlar auditi reja: Daromad jarayonlari auditi



Yüklə 86,26 Kb.
səhifə4/13
tarix04.05.2023
ölçüsü86,26 Kb.
#108381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Daromad va xarajatlar auditi reja Daromad jarayonlari auditi

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish

Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:

  1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda);

  2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;

  3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;

  4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi; 10.Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.

Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar)
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1.

  1. 11-band). Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo’shimcha narx(ustama)dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).

Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan.
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy- maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-
«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish
orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 37, 3%- 7460 so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga
olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 6520 - 300 so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joiz-ki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul;
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli);
Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul);
Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o’zgarmaganligiga, agar o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun foydali xizmat qilish muddati davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga muvofiq qayta jihozlash (rekonstruktsiya) va zamonaviylashtirish(modernizatsiya) uchun o’tkazilgan, hamda konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash yillik summasi quyidagicha aniqlanadi:

Yüklə 86,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə