Dars ishlanma. 3-sinf Mavzu: Son — so'z turkumi



Yüklə 20,99 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü20,99 Kb.
#130850
  1   2
Abu ali ibn sinonig ruhiyat ilmiga doir qarasshlar


Dars ishlanma.3-sinf


Mavzu: Son — so'z turkumi.


Darsning maqsadi:
 A) ta’limiy: shaxs-narsalarning sanog'ini bildirgan so'zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so'roq berishga o'rgatish, soniarni o'zi bog'lanib kelgan so'zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish;
B) tarbiyaviy: o'quvchilarda do'stlik-o'rtoqlik, mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.
Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar.
Darsning borishi:
1. Darsga qadar doskaga yozib qo'yilgan quyidagi matn o'qitiladi:
Sinfimizda o'ttizta o'quvchi bor. Ular o'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to'rtinchi partada o'tiramiz. Sinfimizdagi yigirma o'quvchi besh bahoga, o'n o'quvchi to'rt va besh bahoga o'qiydi. Ularning hammasi bir-birini hurmat qiladi.
— Sizning sinfingizda nechta o'quvchi o'qiydi?
— Siz bir-biringizga qanday munosabatda bo'lasiz?
— O'qishda, ishda o'rtog'ingizga qanday yordam ko'rsatasiz?
— Birinchi gapni o'qing. (Sinfimizda o'ttizta o'quvchi bor.)
— Nechta o'quvchi? (O'ttizta o'quvchi.)
— O'quvchi so'zi nimani anglatadi? (Shaxsni.)
— O'ttiz so'zi shaxsning nimasini anglatadi? (O'ttiz so'zi shaxsning sonini anglatadi.)
— Ikkinchi gapni o'qing. (Ular o'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat.)
— Sinfda qancha qiz, qancha o'g'il bola bor? (O'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat.)
— Qiz, o'g'il so'zlari nimani anglatadi? (Shaxsni.)
— O'n besh so'zi shaxsning nimasini anglatyapti? (O'n besh so'zi shaxsning sonini anglatyapti.)
— Uchinchi gapni o'qing. (Men uchinchi partada, Husan to'rtinchi partada o'tiramiz.)
— Nechanchi partada? (Uchinchi, to'rtinchi partada.)
— Parta so'zi nimani anglatyapti? (Parta so'zi narsaning nomini anglatyapti.)
— Uchinchi, to'rtinchi so'zi narsaning nimasini anglatyapti? (Uchinchi, to'rtinchi so'zi narsaning tartibini anglatyapti.)
Keyingi gap ham shu tartibda ko'rib chiqiladi. O'qituvchi shaxs va narsalarning sanog'i, tartibini bildirgan so'z son ekanligi, sonlar qancha?, nechta?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishi, o'ttiz, o'n besh, uchinchi, to'rtinchi, yigirma, o'n kabi so'zlar son turkumiga kirishini tushuntiradi. Bu haqdagi qoida darslikdan o'qitiladi. O'quvchilar doskadagi matnni yozib, sonlarning tagiga to'lqinli chiziq chizadilar.

Shaxs va narsalar sanog'ini bildirgan so'zlar qaysi so'zlar bilan kelganini kuzating: bir tup gul, yuz g'uncha, beshinchi avgust...



Shaxs va narsalarning sanog'ini bildirgan so'zlar son deyiladi. Sonlar nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'ladi: nechta? (daftar) — o'nta daftar, qancha? (kun) — besh kun.
Sonlar narsalarning joylashish tartibini ham bildirib, nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladi: nechanchi (xona) — yettinchi xona, nechanchi? (qavat)— to'rtinchi qavat. To'rtinchi, yettinchi sonlari tartib sonlardir.
Sanoq sonlarga -inchi (-nchi) qo'shimchasini qo'shish bilan tartib son hosil qilinadi: oltmish — oltmishinchi, yetti —yettinchi.

2.Darslik bilan ishlash. 270- mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o'qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsalarning sanog'ini bildirgan so'zlar aniqlanadi, ular bilan bog'lanib kelayotgan so'zlar birgalikda aytiladi. (Bir tup gul, yuz g'uncha...) Uchinchi gapni o'qishda sanoq sonlarga -inchi (-nchi) qo'shimchasini qo'shish bilan tartib sonlar hosil bo'lishi suhbat orqali tushuntiriladi.



3. Mustaqil ish.
Mustaqil ish uchun topshiriq (mustaqil ish topshirig'i bilan doskaga yozib boriladi).
Topishmoqlarni o'qing va javobini toping.
Pastakkina bo'yim bor,
Yetti qavat to'nim bor.
O'zi bitta, ko'zi mingta.
O'zi bitta, qulog'i to'rtta.
Ko'chiring. Narsalarning sonini bildirgan so'zlarning tagiga to'lqinli chiziq chizing. 4. Husnixat mashqlari.
O'quvchilar quyidagi she'riy parchani husnixat qoidalariga rioya qilgan holda doskadan ko'chirib yozadilar:
Qanday yaxshi, qanday soz,
O'qishni bilsang o'zing.
Yordam kutib oyingdan,
Jovdirab turmas ko'zing. (Tursunboy Adashboyev)
Savollar orqali she'rning mazmuni ochiladi.
— Ilg'or o'quvchi bo'lish uchun nima qilish kerak?
— Yaxshi baholarga o'qisangiz o'zingizni qanday his qilasiz?
— Sizning burchingiz nima?
5. Darsni yakunlash va egallangan bilimlarni savollar orqali aniqlash:
— Shaxs-narsalarning sanog'ini bildirgan sonlar qanday son deyiladi?
— Shaxs-narsaning tartibini bildirgan sonlar-chi?
— Sanoq sonlarga qanday so'roqlar beriladi?
— Tartib sonlarga-chi?
— Tartib sonlar qanday hosil qilinadi?
6. Uyga vazifa: 272- mashq. Mashqdagi ,,0'tmishda" matni o'qitiladi. O'qituvchi matn mazmuniga bog'liq tushuncha beradi: Qadim-qadim zamonlarda boy laming katta yeri, suvi, juda ko'p ot, aravalari bo 'Igan. Ular yerlariga mardikorlarni yollab ishlatar edilar. Olgan hosillarini aravalarda shaharlarga jo'natib, sotar edilar. Gadoyvoy ana shunday boylardan biri edi.
Matn mazmuni yuzasidan savollar beriladi va sonlar aniqlanadi.
— Gadoyvoy nechta mardikorni egarchi mahallasiga boshlab keldi?
— Uning qo'rasida nechta ot, nechta arava turardi?
— Necha kishi otlarni aravaga qo'shdi?
— Nechanchi aravaga palos yozilib, ko'rpacha solindi? Aniqlangan sonlar gapda nimalar bilan bog'lanib kelayotganini bilib kelish uyga vazifa qilib topshiriladi.


  1. Darsda faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi va bilimlari reyting ball tizimi asosida baholanadi.





Bajardi Salomova Shodiya.sadi: 
Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə