Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 300,44 Kb.
səhifə10/104
tarix12.01.2022
ölçüsü300,44 Kb.
#82822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
5 sinf tarix fanidan konspekt

Asosiy tushunchalar – xarita, globus, rasadxona, Eratosfen, yer olmasi;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Dunyo xaritasi tarixi

Xarita – (varaq, xat yozadigan yaproq) Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog’ozga kichraytirilib tushurilgan tasviridir.

Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Gretsiya olimi Erotosfen Yerning kattaligini ancha aniq o’lchashga muvaffaq bo’lgan. Buning natijasida u dunyoning birinchi xaritasini yaratdi. Qadimgi Rim olimi Ptolemey, buyuk bobolarimiz – Muhammadal- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg’ariylar ham o’z davrlari uchun muhim xaritalar yaratgan edilar.

Globus – lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilida “shar” degan ma’noni anglatadi. Globusda Yer yuzasi juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. O’z davridagi ilm-fan yutuqlariga asoslangan dastlabki globusni buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy yaratgan.

XV asrda Samarqandda – Mirzo Ulug’bek rasadxonasida o’z davri uchun yanada mukammalroq globus yaratdi. XV asr oxirlarida esa nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym “Yer olmasi” deb atalgan globus yaratgan. Bu globus o’zida Amerika qit’asining kashf etilishi arafasidagi yer yuzini aks ettirgan edi.

O’zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy xaritasida Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 viloyat, ularning markazlar, shuningdek, tumanlarning markazlari aks etgan. Ayni paytda davlatimiz chegarasi belgilab qo’yilgan.

Bugungi kunda zamonaviy shu xaritadan foydalanib kelinmoqda.


Yüklə 300,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə