Dasturi va baholash mezoni kirish imtihonlarida matematika fani mavjud barcha turdagi yo



Yüklə 42,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü42,66 Kb.
#183748
1   2   3   4
Matematika-fani-dasturi.2023

Fanning maqsad va vazifalari 
Matematika fari bo'yicha ijodiy imtihon abituriyentlarning shu fanga bo'lgan 
qiziqishi, bilim darajasi va kelajakda tanlagan kasbi bo'yicha matematik bilimlarni 
qo'llay olish kompetensiyalarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur dasturning asosiy vazifasi maktab, kollej va akademik litseyda 
o'zlashtirgan matematikadan olgan bilimlari asosida matematik fikrlashlarini va uni 
qo'llay olish darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Fan bo'yicha abiturentning bilimiga qo'yiladigan talablar 
Matematika fani bo'yicha abiturentlar:
-
matematika olamni idrok etishda asos ekanligi;
-
matematika tushunchalari haqida ;
-
geometrik ob'ektlar haqida tasavvurga ega bo'lishi; 
-
matematik formulalarini; 
-
matematik belgilar va texnikadagi oddiy tizimlar yordamida jarayonlarni 
matematik modellashtirish; 
-
funksional va xisoblash topshirig'ini echish modelini 
bilishi va ulardan 
foydalana olishi;


-
ob'ektlar m qdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik 
simvollardan foydalanish; 
-
algebrik tenglamalarni yechish; 
-
tenglamala va tengsizliklar sistemalarini yechish; 
-
bir o'zgaruvchili funksiyalar uchun differensiallash, integrallash; 
-
geometrik masalalarni tasavvur qilish va uni yechish ko'nikmalariga ega 
bo'lishi kerak. 
ASOSIY QISM 
Algebra va analiz asoslari 
Natural va butun sonlar. Boshlang'ich tushunchalar. Hisoblashga oid 
misollar. Bo'linish alomatlari. Qoldikli bo'lish. Umumiy bo'luvchi va umumiy 
karrali. EKUK va EKUB. Oxirgi raqam. Butun sonlar. Kasrlar. Oddiy kasrlar. 
Butun va kasr kismli sonlar. O'nli kasrlar. Cheksiz davriy o'nli kasrlar. Algebraik 
ifodalar. Birhad va ko'phad. Ko'phadlarning standart shakli. Qisqa ko'paytirish 
formulalari. Ko'phadlarning ko'paytuvchilarga ajratish. Algebraik ifodalarni 
soddalashtirish. Ayniyat. Ildizlar. Arifmetik kvadrat ildiz va uning xossalari. 
Hisoblashga oid misollar. Ifodalarni soddalashtirish. n - chi darajali ildiz. Ratsional 
ko'satkichli daraja.
Tenglamalar. Chiziqli tenglamalar. Proporsiya. Kvadrat tenglamalar.Viet 
teoremasi. Ratsional tenglamalar. Parametrli chiziqli tenglamalar. Parametrli 
kvadrat tenglamalar. Tenglamalar sistemasi. Chiziqli tenglamalar sistemasi. 
Chiziqli va ikkinchi darajali tenglamalar sistemasi. Ikkinchi va undan yuqori 
darajali tenglamalar sistemasi. Parametrli tenglamalar sistemasi.
Tengsizliklar. Chiziqli tengsizliklar. Chiziqli tengsizliklar sistemasi. 
Oraliqlar usuli. Parametrli tengsizliklar. Tengsizliklarni isbotlash. Modul. Modulli 
ifodalar. Modulli tenglamalar. Modulli tengsizliklar. Irratsional tenglama va 
tengsizliklar. Irratsional tenglamalar. Irratsional tengsizliklar. Sonli ketma - 
ketliklar. Arifmetik progressiya. Geometrik progressiya. Matnli masalalar. 
Sonlarga oid masalalar. Foizga oid masalalar. Harakatga oid masalalar. Ishga oid 
masalalar. Aralashmaga oid masalalar.


Funksiyalar. Funksiyalarning xossalari. Chiziqli funksiyalar. Kvadrat 
funksiyalar. Teskari funksiyalar. Ko'rsatkichli funksiya va uning xossalari. 
Ko'rsatkichli tenglamalar. Ko'rsatkichli tengsizliklar. Logarifm. Logarifmik 
funksiya va uning xossalari. Logarifmik ifodalarda shakl almashtirish. Logarifmik 
tenglamalar. Logarifmik tengsizliklar. Trigonometriya. Trigonometriyadan 
boshlang 'ich tushunchalar . Asosiy trigonometrik ayniyatlar. Qo'shish formulalari. 
Keltirish formulalari. Ikkilangan burchak formulalari. Yig'indi va ayirmalar uchun 
formulalar. Ko'paytma uchun formulalar. Daraja pasaytirish va yarim burchak 
formulalar. Arksinus, arkkosinus, arktangenis va arkkotangens. Trigonometrik 
tenglama va tengsizliklar. Trigonometrik funksiyalar va ularning xossalari. Teskari 
trigonometrik funksiyalar va ularning xossalari. Trigonometrik tenglamalar. 
Trigonometrik tengsizliklar.
Hosila. Yigʻindi va ayirmaning hosilasi. Ko`paytma va boʻlinmaning 
hosilasi. Murakkab funksiyaning hosilasi. Hosilaning tadbiqi. Hosilaning 
geometrik ma`nosi. Urinma tenglamasi. Funksiyaning o'sish va kamayish 
oraliqlari. Funksiyaning ekstremumlari. Funksiyaning eng katta va eng kichik 
qiymatlari. Hosilaning mexanik ma'nosi. Boshlang'ich funksiya va integral. 
Boshlang'ich funksiyani topish qoidalari. Integral va uning xossalari. Egri chiziqli 
trapetsiyaning yuzi.

Yüklə 42,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə