“Dasturiy injiniring” fakulteti “MA‟lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”


-tajriba ishi. DARAXTSIMON TUZILMALAR



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/56
tarix28.11.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#136709
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
vdocuments.site malumotlar-tuzilmasi-va-algoritmlar-asosida-nazariy-bilimlarini-hamda

4-tajriba ishi. DARAXTSIMON TUZILMALAR 
Ishdan maqsad: Talabalar daraxtsimon tuzilmalar, binar daraxtlarni e‟lon 
qilish, uning ustida amallar bajarish algoritmlarini tadqiq qilishlari va o‟rganishlari 
kerak, bu algoritmlarning dasturiy realizatsiyasini amalga oshirish ko‟nikmasiga 
ega bo‟lishlari kerak. 
Qo‟yilgan masala: Har bir talaba topshiriq varianti olib, undagi masalaning 
qo‟yilishiga mos binar daraxtlarni tadqiq qilishga oid dasturni ishlab chiqishlari 
kerak. 
Ish tartibi: 

Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o‟rganish; 

Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish; 

C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish; 

Natijalarni tekshirish; 

Hisobotni tayyorlash va topshirish. 
 
4.1. Daraxt ko‟rinishidagi ma‟lumotlar
tuzilmasi haqida umumiy tushunchalar. 
Uzellar (elementlar) va ularning munosabatlaridan iborat elementlar 
to‟plamining ierarxik tuzilmasiga daraxtsimon ma‟lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Daraxt
– bu shunday chiziqsiz bog‟langan ma‟lumotlar tuzilmasiki, u 
quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 
- daraxtda shunday bitta element borki, unga boshqa elementlardan murojaat 
yo‟q. Bu element daraxt ildizi deyiladi; 
- daraxtda ixtiyoriy element chekli sondagi ko‟rsatkichlar yordamida 
boshqa tugunlarga murojaat qilishi mumkin; 
- daraxtning har bir elementi faqatgina o‟zidan oldingi kelgan bitta element 
bilan bog‟langan.
 
 


64 
4.2. Binar daraxtlarni qurish 
 
Binar daraxtda har bir tugun-elementdan ko‟pi bilan 2 ta shox chiqadi. 
Daraxtlarni xotirada tasvirlashda uning ildizini ko‟rsatuvchi ko‟rsatkich berilishi 
kerak. Daraxtlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishiga ko‟ra har bir element 
(binar daraxt tuguni) to‟rtta maydonga ega yozuv shaklida bo‟ladi, ya‟ni kalit 
maydon, informatsion maydon, ushbu elementni o‟ngida va chapida joylashgan 
elementlarning xotiradagi adreslari saqlanadigan maydonlar.
Shuni esda tutish lozimki, daraxt hosil qilinayotganda, otaga nisbatan chap 
tomondagi o‟g‟il qiymati kichik kalitga, o‟ng tomondagi o‟g‟il esa katta qiymatli 
kalitga ega bo‟ladi. Har safar daraxtga yangi element kelib qo‟shilayotganda u 
avvalambor daraxt ildizi bilan solishtiriladi. Agar element ildiz kalit qiymatidan 
kichik bo‟lsa, uning chap shoxiga, aks holda o‟ng shoxiga o‟tiladi. Agar o‟tib 
ketilgan shoxda tugun mavjud bo‟lsa, ushbu tugun bilan ham solishtirish amalga 
oshiriladi, aks holda, ya‟ni u shoxda tugun mavjud bo‟lmasa, bu element shu 
tugunga joylashtiriladi. 
Masalan, daraxt tugunlari quyidagi qiymatlarga ega 6, 21, 48, 49, 52, 86, 101. 
U holda binar daraxt ko‟rinishi quyidagi 4.1-rasmdagidek bo‟ladi: 
4.1-rasm. Binar daraxt ko‟rinishi 
Natijada, o‟ng va chap qism daraxtlari bir xil bosqichli tartiblangan binar 
daraxt hosil qildik. Agar daraxtning o‟ng va chap qism daraxtlari bosqichlarining 
farqi birdan kichik bo‟lsa, bunday daraxt ideal muvozanatlangan daraxt deyiladi. 
Yuqorida hosil qilgan binar daraxtimiz ideal muvozanatlangan daraxtga misol 


65 
bo‟ladi. Daraxtni muvozanatlash algoritmini sal keyinroq ko‟rib chiqamiz. Undan 
oldin binar daraxtni yaratish algoritmini o‟rganamiz. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə