Dasturlash tili


IDLE ni ishga tushirish tartibi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə6/59
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Python dasturlash tili

IDLE ni ishga tushirish tartibi


Har doim yangi dastur tuzishda IDLE alohida ishga tushiriladi, ishga tushirish tartibi esa doim bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.

  1. Puskdan Python 3.7 ni topamiz va sichqonchani Python 3.7 ustiga bosib IDLE ni tanlaymiz.

  2. Yangi oq oyna hosil bo‘ladi.




        1. Rasm

  1. File bo’limidan New File ni tanlab (klaviaturadan Ctrl+N), yangi ikkinchi oq oynani hosil qilamiz.




        1. Rasm

Ikkinchi oyna kod yozish uchun, birinchi oyna esa dastur natijasini ko‘rish uchun ishlatiladi. Unutmang, ikkinchi oynada kodlarni yozib bo‘lgach uni saqlab olishimiz kerak, aks holda dastur ishlamaydi. Saqlash uchun ishchi stolidan “Dasturlar” nomli papka hosil qilib, hamma dasturlarni shu papkaga saqlaymiz. Hozir namuna sifatida biror dastur yozib, uni saqlab ishga tushirishni o‘rganamiz.
1.Ishchi stolidan “Dasturlar” nomli papka yaratamiz.



        1. Rasm

  1. IDLE ni yuqoridagi tartibda ishga tushiramiz. Ikkinchi oynaga (oxirgi ochilgan oynaga) namunaviy kodlarni yozamiz (bundan keyin kodlarni yozamiz deyilganda ikkinchi oyna nazarda tutiladi.).

  2. Eslatma: dastur kodlarini yozayotganda o‘,g‘ harflaridan foydalanish noqulayliklar tug‘diradi. Shuning uchun bu harflardan foydalanmaymiz.








  1. File bo’limidan Save as ni tanlaymiz.

        1. Rasm




  1. Ochilgan oynadan ishchi stolini tanlaymiz.




        1. Rasm

  1. Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz.




        1. Rasm

  1. Dasturga nom berib saqlaymiz. (masalan dars_1). Nom berishda joy tashlamaslik kerak, uning o‘rniga tag chiziq (_) dan foydalaning.




        1. Rasm




  1. Dasturni tekshirish uchun, Run bo‘limidan Run Module ni tanlaymiz.

  2. Natija birinchi oq oynada hosil bo‘ladi. (Natija har doim birinchi oynada ko‘rsatiladi.)




        1. Rasm

Dasturimiz natija berdi, demak kodlarni to‘g‘ri kiritdik. Agar yozilgan dasturga biror o‘zgartirish kiritsak klaviaturadan Ctrl+S klavishlar birikmasini bosgan holda saqlab, yana Run bo’limi orqali qayta ishga tushirish mumkin.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə