Dasturlash tili



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/59
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Python dasturlash tili

O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;

  • Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;

  • Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;

  • Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintosh- da o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;

  • Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;

  • Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;

  • Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;

  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi;

  • GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi;

  • Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;

  • Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun byte- kodga to‘planishi mumkin;

  • Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llab- quvvatlaydi (musorosborshik funktsiyasi);

  • C, C++, Java va PHP kabi dasturlash tillari bilan osonlik bilan bog‘lanishi mumkin.

    Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi. Ya’ni, til o‘rganishni boshlovchilar uni osonlik bilan o‘rganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin.
    Python haqida quyidagi uchta xulosaga kelish mumkin:

      1. Python dasturlash tilining keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy soha bor: veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda ko‘p marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni jo’natish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar).

      2. Python o‘rganish ancha oson bo‘lgan dasturiy tildir. Agar tabiiy tillar bilan o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt so‘zlarni, tilning grammatikasi o‘rganish kerak bo‘ladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan so‘ng, asta-sekin inson o‘z fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma’lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan so‘nggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Python da amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini o‘rganmasdan turib ham kirishish mumkin.

      3. Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga bo‘lishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga o‘tkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi bo‘lgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi. Bu o‘quv - qo‘llanma dasturlashni o‘rganuvchilar hamda ilmiy yoki amaliy maqsadlarni amalga oshirish uchun bu dasturlash tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi - Sizga Python tilida dasturlashning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Dasturlash tilini o‘rganish uchun eng asosiy amal – kitobda berilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida, tushungan holda va

    aniq bajarishdir. Chunki, har qanday soha bo‘yicha chuqur bilim faqatgina amaliyot orqali puxta egallanadi.
    PYTHON – dasturlash tili bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlar yetarli darajada emasligi, ko‘pgina foydalanuvchilarning ushbu tilda dastur tuzishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, tushunarli tilda yozilgan o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda.
    Ushbu o‘quv qo‘llanma Termiz davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika”, “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari, hamda “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanilarida “PYTHON dasturlash tili” ni o‘tishga mo‘ljallab yozilgan bo‘lib, unda ko‘pgina amaliy xarakterga ega bo‘lgan – dasturiy kodlar va misollarning PYTHON tilida tugallangan dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma uni o‘zlashtirish uchun maxsus bilimlarni talab qilmaydigan ketma – ketlikda bayon qilingan.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma oltita bobdan iborat bo‘lib:

    • I BOB. PYTHON TILI VA UNING DASTURLASH MUHITI

    • II BOB. PYTHON DA OPERATORLAR VA ULAR BILAN ISHLASH

    • III BOB. PYTHON DA TARMOQLANUVCHI OPERATORLAR

    • IV BOB. PYTHON DA TAKRORLASH ОPERАTОRLАRI

    • V BOB. PYTHON DA MASSIVLAR

    • VI BOB. PYTHON DA FUNKSIYALАR

    • VII. BOB. PYTHON DA MATNLAR BILAN ISHLASH

    Har bir bob yakunida 20 tadan misol va masalalarning PYTHON tilidagi dasturlari keltirilgan hamda talabalar mustaqil ishlashlari uchun 20 tadan topshiriqlar berilgan.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə