Davlat byudjeti xarajatlar tizizmi Mundatija: Kirish Asosiy qism I bob


ZAMONAVIY MOLIYAVIY GLOBALLASHUV SHAROITIDA MOLIYAVIY MUNOSABAT



Yüklə 267 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü267 Kb.
#150485
1   2   3   4   5   6
14 mavzu.doc2--14

1.2.ZAMONAVIY MOLIYAVIY GLOBALLASHUV SHAROITIDA MOLIYAVIY MUNOSABAT

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarining guruhlanishi bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi;

  • budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi;

  • Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi.

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish hamda ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.


Budjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari

Budjet tasnifining asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

to’liqlilik



budjet tasnifi budjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;

yagonalik

budjet tasnifi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona budjet tasnifi qo’llanilishi shart;







o’zaro muvofiqlik

budjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida budjet




jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun

qo’llanilmasligi kerak, ya’ni budjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi shart.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:
budjet tizimi budjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi; daromadlarning turlari; hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
Davlat moliyasini boshqarishning Axborot tizimi (keyingi o’rinlarda DMBAT deb yuritiladi) tatbiq etilguniga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni tuzishda faqatgina «Daromadlarning turlari» kodi qo’llaniladi.
Budjet tizimi budjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi (1 — 6 kodlar) budjetga tushayotgan daromadlarni tegishli mablag’lar manbalariga va ushbu budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
7 ta raqamli daromadlarning turlari (7 — 13 kodlar) quyidagilardan iborat:

  • bo’lim;

  • paragraf;

  • daromad tipi.

Tashkiliy tasnif (14 — 16 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga (O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi,
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va sh.k.) mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha yuqori (quyi) budjetning quyi (yuqori) budjet oldidagi majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi budjetlarga dotatsiya, subventsiya, budjet ssudalari va mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi.
Hududiy tasnif (17 — 21 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriyhududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishiga, ijtimoiyiqtisodiy vazifalarni hal qilishiga budjet mablag’larini yo’naltirilishini aks ettiradi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə