Davlat investitsiya siyosatining asosiy yo'nalishlari



Yüklə 468,59 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü468,59 Kb.
#151850
DAVLAT INVESTITSIYA DASTURINING ASOSIY YUNALISHLARI

Davlat investitsiya siyosatining asosiy yo'nalishlari

TAYYORLADI;ESANOV FAZLIDDIN

Yangi O‘zbekiston investitsiyalar uchun yanada qulay mamlakatga aylanadi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining
  • ochilish marosimidagi nutqi

Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.

  • Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.

Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo’nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:


- investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;
- investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funktsiyalarini yanada takomillashtirish.
Hozirgi kunda O’zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
2025-yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.
Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.
2025-yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025-yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018-yildagi 30,5 foizdan 2025-yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018-yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 468,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə