Davlat maqsadli jamg’armalari kirish Asosiy qism


-rasm. Budjet nazoratining printsiplari1



Yüklə 109,39 Kb.
səhifə2/7
tarix21.06.2023
ölçüsü109,39 Kb.
#118379
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI

2-rasm. Budjet nazoratining printsiplari1
Qonuniylik printsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo‘lib, davlat va uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini ta’minlashini nazarda tutadi va pul mablag‘lari jamg‘armalarining yaratilishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi normalari bilan mutassal tartibga solinishida namoyon bo‘ladi.
Rejalilik printsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari
(davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashkari jamg‘armalari budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tizimlilik printsipi nazorat tadbirlarini o‘tkazishda nazorat ob’ektining barcha tomonlari va uning o‘zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo‘yicha ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi.
Uzluksizlik printsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim) nazorat sub’ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va xususiyatlaridan kelib chikib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo‘lishini anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni, belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish choralari ko‘rilishini ta’minlaydi.
Nazoratning samaraliligi printsipi moliya-xo‘jalik faoliyatidagi me’yordan og‘ishlarni va ularning sabablarini o‘z vaqtida va to‘liq aniqlashda, shuningdek yuz bergan salbiy xolatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy zararni o‘z vaqtida koplashda namoyon bo‘ladi.
Oshkoralik printsipi jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali turli moliyaviy reja xujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo‘yicha berilgan xisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish kilish natijalari mazmunini etkazishda namoyon bo‘ladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish – iqtisodiy dasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egalik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi.
Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo‘li, yangi paydo bo‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan xususiy, aksionerlik, jamoa va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan aralash, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Mamlakatimizda budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bo‘lib, investitsiyalarni jalb etish va boshqalar budjetdan tashqari fondlarning vazifasi hisoblanadi.
Davlat moliyasi tarkibida alohida o‘rinni egallaydigan budjetdan tashqari fondlar tegishli hukumat organlarining budjetiga bog‘liq bo‘lmaydi va mustaqil yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Budjetdan tashqari fondlar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.

Yüklə 109,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə