Davlat maqsadli jamg’armalari kirish Asosiy qism



Yüklə 109,39 Kb.
səhifə5/7
tarix21.06.2023
ölçüsü109,39 Kb.
#118379
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI

Pensiya fondi – bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat moliya boshqaruvining organidir.
Pensiya fondi bilan davlat budjetining farqli tomoni shundan iboratki, o‘z resurslarining xissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag‘ va dotatsiyalarni rad etadi. Maxsus pensiya to‘lovlari ijtimoiy sug‘urta doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bo‘lib, tushumlar va mablag‘lar bilan qo‘shilmagan holda Pensiya fondida to‘planadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomga asosan jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) majburiy ajratmalar va badallar:

  • mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori;

  • alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;

  • yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;

  • fuqarolarning ish haqidan sug‘urta badallari;

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tovarlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish) hajmidan ajratmalari. Bunda uzoq muddatli aktivlar va o‘zi foydalanadigan boshqa mol-mulkni sotish majburiy mablag‘ ajratish obyektiga kiritilmaydi.

b) boshqa to‘lovlar:

  • "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish bepuvchilap va fuqapolapdan undiriladigan mablag‘lap;

  • "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;

  • "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;

  • dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan sug‘urta badallari;

  • hisoblangan jarimalar summalarining bir qismi, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari, majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;

  • korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan ixtiyoriy badallar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar.

2009-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29-dekabr 2008-yildagi PQ-1024-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning miqdori quyidagicha belgilangan:

  • ish haqi fondiga nisbatan 23,6 % miqdoridagi sug‘urta badallari (24,0 % yagona ijtimoiy to‘lov tarkibida);

  • mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlarining amaldagi hajmining 1,0 % miqdoridagi majburiy ajratmalari summasi;

  • fuqarolar ish haqining 3,5 % miqdoridagi majburiy sug‘urta badallari;

Sug‘urta badallari soliqlarni ushlashni hisobga olmagan holda, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqarilgan nizomlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga ko‘ra mazkur korxona tomonidan hisoblanadigan ish haqlarining barcha turlariga hisoblanadi. Sug‘urta badallari quyidagi turdagi to‘lovlarga hisoblanmaydi:

  • foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyalar;

  • ishdan bo‘shash chog‘idagi chiqish nafaqasi;

  • moddiy yordam ko‘rinishida beriladigan pul nafaqalarini har xil turlariga;

  • kompensatsiya to‘lovlariga;

  • bepul ovqatlar qiymatlariga va boshqalar.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi:
a) ishlamaydigan fuqarolarga:

  • ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;

  • bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun;

b) ishlaydigan fuqarolarga:

  • ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;

  • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari;

  • homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;

  • bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;

  • dafn marosimi nafaqalari;

  • 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi migratsiyasi tendensiyasi tez oshib bormoqda. Shuning munosabati bilan mablag‘larni tez orada aniq bir hududga o‘tkazish zarur bo‘ladi. Tijorat faoliyati hisobida fondga qo‘shimcha mablag‘ topishga ham ruxsat beriladi. Maoshlarning o‘sib borishi va yashash sharoiti qimmatlashib borayotganligi munosabati bilan pensiyalarning miqdori ham o‘zgarib turadi. Pensiya fondining mablag‘lari mahalliy banklar hisoblarida to‘planadi. Markazdan esa, faqatgina kerakli to‘lov topshiriqnomalari beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondining mablag‘lari bank muassasalaridagi joriy hisob varaqalarida saqlanadi. Hisob varaqlar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, Pensiya fondi bilan kelishilgan holda belgilaydigan tartibda ochiladi. Pensiya fondining mablag‘laridan pensiyalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va farzandni tug‘ish, farzandning tug‘ilishidagi va dafn qilish marosimi uchun nafaqalarning to‘lanishi xarajatlari mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Pensiya fondi idoralari Pensiya fondi budjetining ijro qilinishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan budjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgalterlik hisobining hisob varaqlari rejasini qo‘llagan holda hisob yuritadilar va-yilning har choragida Pensiya fondi budjetining ijro etilishi haqida moliyaviy hisobotlarni tuzadilar.



Yüklə 109,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə