Davlat moliya statistika tizimi. Mundarija: Kirish


-rasm. Davlat byudjetining funksiyalar



Yüklə 161,74 Kb.
səhifə4/10
tarix30.12.2023
ölçüsü161,74 Kb.
#166791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi Davlat moliya statistika tizimi.

2-rasm. Davlat byudjetining funksiyalar9
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo’linmasi hamda byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi.10
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bо‘ladi. Bu narsa davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol kо‘rinadi. Shuning uchun ham Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatga ega bо‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. 
Taqsimlash funksiyasini soliq, zayom, davlat mulkidan tushgan daromadlar, qogoz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o’z ichiga oluvchi byudjet daromadlari amalga oshiradi. Bunda byudjet jamg‟armasi xo’jalik sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) daromadlari hisobiga shakllanadi. Bu daromadlar sof milliy mahsulotning birlamchi taqsimoti (ishchi va xizmatchilarning ish haqi, yollanma ishchilarning daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta, foiz) natijasida yuzaga keladi.
Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi aniq maqsadli bydjet xarajatlariga tegishlidir. Davlat umumiy xo‟jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritib, takror ishlab chiqarish jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi, shuning uchun xam byudjet xarajatlari hamma soha va tarmoqlarni qamrab oladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag‟lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta‟minlab turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda – soliqlarda, to’lovlarda, byudjetdan moliyalashtirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini o‟zlashtirishda va hokazolarda – o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi. Soliqlar va byudjet xarajatlari orqali byudjet iqtisodiyotni tartibga solish, investitsiyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi va muhim quroli bo’lib xizmat qiladi. Bunda byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ilg’or tarmoqlari – aviasozlik, kosmik dasturlar va loyihalar, atom sanoati, energetika va mashinasozlik sanoatlari kabilar qo’llab-quvvatlanadi. Samaradorligi yuqori bo’lgan va o’zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash ham muhimdir. Lekin davlat byudjetining bu funksiyasidan orqada qolayotgan va qoloq ishlab chiqarishlarga moliyaviy yordam berish kabi o’tmishda mavjud bo’lgan va o’zini oqlamagan maqsadlarda foydalanish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta‘minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim.
Davlat byudjetining ijtimoiy funksiyasi. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda davlat byudjeti katta o’rin egallaydi. Davlatning ijtimoiy kafolatlari doirasidagi xizmatlarni ko’rsatadigan ta‘lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat sohalarini mablag’ bilan ta‘minlash, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini (pensionerlar, nogironlar, bolalar, kam ta‘minlangan oilalar) ijtimoiy himoya qilish - ijtimoiy siyosatning ustuvorliklari hisoblanadi. Bundan tashqari, madaniyat sohasi keng ma‘nodaiqtisodiy taraqqiyotning muhim komponentlaridan biridir, bu borada jamiyat a‘zolarining imkoniyatlarini rivojlantirish taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, bu yo’nalishdagi davlat tadbirlarini mablag’ bilan ta‘minlashda davlat byudjetining ijtimoiy funksiyasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi orqali byudjet daromadlarining shakllanishi, byudjet mablag’larining oqilona va maqsadga muvofiq ishlatilishi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning moliya-xo’jalik faoliyati, ular tomonidan byudjet qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi va ishlatilishi ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda.
―Public budgeting systems‖ nomli qo’llanmada: ―byudjet hujjatlari aniq yuridik maqomga ega bo’lmasligi ham mumkin. Federal hukumat darajasida byudjet cheklangan yuridik maqomga ega bo’lib, u Prezidentning Kongressga taqdim qiladigan rasmiy bayonoti hisoblanadi, lekin u hukumatning keyingi harakatlarini belgilab beruvchi rasmiy hujjat emas , deb ta‘riflangan. AQShning rasmiy operativ byudjeti esa bir nechta hujjatlar majmuasidan, xususan, ajratmalar to’g’risidagi qonunlardan (Appropriation Acts) iborat bo’ladi. Aksincha, munitsipal tuzilmalarning merlari tomonidan taklif qilingan mahalliy (munitsipal) byudjetlar munitsipal kengashlar tomonidan rasman qabul qilingan operativ ishchi byudjet sifatida amal qiladi11.
Boshqa hollarda hukumatning bir qator byudjet hujjatlari mavjud bo’lishi mumkin (yagona byudjet o’rniga). Bu hujjatlar tarkibiga (1) asosiy joriy xarajatlarni aks ettiruvchi operatsion byudjet; (2) yirik qurilish loyihalarini o’z ichiga olgan kapital byudjet; (3) aniq daromad manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar uchun mo’ljallangan maxsus moliyaviy fondlar. Masalan, maxsus fondlar byudjetlari benzin va avtotransport shinalarini sotishdan tushgan maxsus soliqlar hisobidan shakllanishi va avtomagistrallarni rekonstruktsiya qilish va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq dasturlariga yo’naltirilishi mumkin. Yoki boshqa bir misol: baliq tutish va ov qilish uchun litsenziyalardan yig’imlar evaziga shakllanadigan maxsus fondlar oq qilishga mo’ljallangan suv havzalari va hududlarini sog’lomlashtirishga yo’naltiriladi.
Byudjet hujjatlarining hajmlari ham xilma-xil bo’lib, odatda, byudjet daromadlariga qaraganda, byudjet xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni o’zida aks ettiradi. Byudjetlarning xarajatlar qismi ko’pmaqsadliligi bilan ajralib turadi, shu sababli byudjetni aks ettiruvchi biron bir hujjat byudjetning funksiyalari yoki uning ishlatilish shakllari to’g’risida to’liq xulosa chiqarishga asos bo’la olmaydi. Umumiy jihatdan qaraganda, byudjetlar (1) xarajatlar bayoni sifatida, (2) xarajatlarning tavsilotlari sifatida, (3) ustuvorliklar va maqsadli vazifalar bayoni sifatida qaralishi mumkin12.
Public budgeting systems nomli qo’llanmada ta‘kidlanishicha, davlat sektorida byudjetlashtirish maqsadlar va ularga yetishish uchun zarur mablag’lar o’rtasida bog’liqlikka erishishni nazarda tutadi. Davlat sektoridagi byudjet munosabatlarida qo’llaniladigan mezonlar xususiy sektordagi byudjetlashtirish mezonlaridan bir qadar farq qiladiki, buning asosiy sababi – davlat darajasida byudjet masalalarida qabul qilinadigan qarorlar, xususiy sektordan farqli o’laroq, diqqat markaziga foyda olish va samara ko’rish maqsadlarini qo’ya olmaydi. Xususiy sektorda esa byudjetlashtirish jarayonining asosiy maqsadi uzoq muddatli daromadlilik va foydalilikni ko’zlaydi va firmaning uzoq istiqboldagi moliyaviy holatini ta‘minlashga qaratiladi.
Xorijiy davlatlarda davlat darajasida byudjetlarni tuzish hukumatlarning o’z xatti-harakatlari uchun mas‘uliyatlarini oshirish vositasi sifatida yuzaga keldi. Byudjet protseduralari shunday ishlab chiqiladiki, hukumatlar jamoatchilik oldida, ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat oldida hisobdor bo’ladilar. Federal byudjet defitsiti va davlat qarzining o’sib borishi, ayrim munitsipal byudjetlarning nobarqaror holatlari borasidagi xavotirlik hukumatlarni davlatning uzoq muddatli moliyaviy ahvoli uchun javobgarlikka tortish vositasi sifatida byudjetdan foydalanishni taqozo etdi. Mamlakat fuqarolari tobora ko’proq o’z hukumatlaridan mamlakatdagi moliyaviy ahvol, to’langan soliqlarning sarflanishi va davlatning boshqa dasturlarining moliyaviy ta‘minlanishi to’g’risida hisob berishlarini talab qila boshladilar. Bunday sharoitda byudjetni tuzish, uni ommaga e‘lon qilish va ijrosi bo’yicha soliq to’lovchilarga hisob berish masalasi byudjet islohotlariga asos bo’lib xizmat qilgan.13
Xulosa qilib aytganda, davlat o’z funksiyalarini bajarishi uchun, shuningdek, taraqqiyotning u yoki bu bosqichida uning oldida turgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i obyektiv zaruriyatdir. Shu bilan birga, mablag’larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko’lami ko’p jihatdan mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashish ko’lamlariga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari ko’lamiga, aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlarining qamrovliligiga bog’liq. Milliy iqtisodiyotni boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy instrumentlari qatori, davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi va ma‘lum vazifalarni bajaradi. Lekin bu vazifalarning samarali bajarilishi tegishli byudjet mexanizmining ishlab chiqilishini va samarali ishlashini taqozo etadi.




  1. Yüklə 161,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə