Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja


Davlat shakli tushunchasi, mohiyati va tarkibiy qismlari



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#151467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat shakllari tushunchasi12

Davlat shakli tushunchasi, mohiyati va tarkibiy qismlari.
Davlat shakli: tushunchasi va mohiyati.
Davlat shakli tushunchasi davlatshunoslikning eng muhim sermazmun xususiyatlaridan biridir. XX asrning buyuk huquqshunosi Ivan Ilin shu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlagandi: "Bu murakkab va g’oyat mas’uliyatli masalani ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o’rtaga qo’yish zarur.
Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga befarq qaraydigan "mavhum tushuncha" ham, "siyosiy chizgi" ham emas, balki hayot tarzi va xalqning jonli tashkilotidir. Xalq o’z hayot tarzini tushunishi, aynan "shunday" tashkillashini uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy xissasini qo’shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini ro’yobga chiqaradi, unga hayot, kuch baxshida etadi;
binobarin, davlat shakli eng avvalo xalq huquqiy ongi darajasiga, xalq tomonidan to’plangan tarixiy siyosiy tajribaga, uning iroda kuchi va milliy xarakteriga bog’liq".
Davlat shakli uning mazmun-mohiyati bilan ajralmas har qanday davlat shakli o’zining mazmuni bilan «juft» falsafiy kategoriyalardek bog’lanib ketgan. Mazmun davlat hokimiyatining, subyektining taalluqliligini belgilash imkonini beradi va uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob qiladi. Shaklni tushunish esa dav­lat hokimiyati qanday uyushtirilganligi. qaysi idoralar orqali namoyon bo’lishi, ushbu idoralarning tashkil etilish tartibi qanday bo’lishi, ulardagi vakolatlarning muddati, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullarini tushunishga yordam beradi.
Davlat jamiyatining maxsus tarkibiy hududiy tashkiloti sifatida qanday muayyan shakllarda namoyon bo’ladi? Davlat har xil shakllarga ega bo’lishi mumkin huquqiy adabiyotlarda davlat shakli tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi.
Chunonchi, ba’zilar, davlat shakli tushunchasiga davlat tuzumi degan tushunchani bildiradigan boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar.
Ba’zi huquqshunoslar davlat shakli deganda davlat boshqaruvi va davlat tuzilishi shaklida iz ifodasini topadigan davlat organlari strukturasi va tashkilotini tushunadi. Bunda davlat shakli tushunchasiga siyosiy rejimni qo’shmaydilar.
Demak, davlat shakli tushunchasiga turlicha yondashiladi. Ayrim huquqshunos olimlar davlat shaklini tor ma’noda talqin etadilar. Ularning fikricha, mazkur tushuncha faqat boshqaruv shaklidir, Boshqalar esa unga keng ma’no, ya’ni bosh­qaruv va davlat tuzilishi shakllarini kiritadilar.
Ba’zi mualliflar davlatning ichki va tashqi shakllarini ajratadilar. Davlatning ichki shak­li deganda demokratiyani, tashqi shakli deganda esa siyosiy hokimiyatning muayyan uyushtirilishi tushuniladi. D. A. Kerimovning fikricha, demok­ratiya siyosiy idora usulining turi bilganligi bois uni davlatning ichki shakli deb tushunish mumkin, boshqaruv shakllari va davlat tuzili­shi esa davlatning tashqi shaklini tashkil etadi.
Boshqa gurush davlatshunos olimlar davlatni funksional dinamik va statik uyushgan tizim sifatida talqin etishni taklif kiladilar. Dav­latning shakli dinamik ma’noda — siyosiy (dav­lat) idora usuli, statik ma’noda esa — boshqarish shakli va davlat tuzilishi tarzida talqin qilinadi.
Yana bir gurush huquqshunoslar davlat shakliga quyidagicha ta’rif beradilar: davlat shakli — davlat organlarining paydo bo’lish tartibi, ularning strukturasi, xususan, davlatning oliy organlari strukturasi, ular o’rtasidagi o’zaro munosabat, xususan davlatning markaziy organlari bilan tarkibiy qismi organlari va mahalliy organlari o’rtasidagi o’zaro munosabat shuningdek, ularning jamiyatga rahbarlik qilish shakli.
Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida "davlat shakli" kategoriyasi bilan "davlat mohiyati" kategoriyasi bevosita bog’liqdir.
Endi davlat qanday tuzilganini qarab chiqish payti keldi. Boshqacha aytganda, jamiyatning bu alohida siyosiy, tarkibiy, hududiy tashkiloti qanaqangi shakllarda mavjud bo’ladi va amal qiladi? Davlatning shunday shakli, ya’ni tuzilishini o’rganib chiqandan so’nggina biz shunday murakkab hisoblangan davlatni tushunib yetish sari bir qadam olg’a siljidik, deya olamiz.
Ayni paytda ushbu mavzuning yaqin o’tmishdagi nazariy va amaliy ishlanmalari mazkur toifa ma’lum ma’noda munosib baholanmaganidan dalolat beradi. Biroq bu yerda gap faqat munosib baholay olinmaganidagina emas, "davlat shakli"ni batafsil o’rganishning ahamiyati haqida ham ketmoqda. Zero, YE.I.Temnovning haqqoniy ta’kidlashicha, "davlat-huquq mohiyatidan kelib chiquvchi davlat shaklining (huquq shakli singari) qat’iyligi va aniqligi e’lon qilingan siyosiy yo’lni amalga oshirishda subyektivizm va zo’ravonlikni jiddiy cheklashi mumkin edi".
Shu bois - biron maqsadni ko’zlabmi yoki beixtiyor ravishdan - bilmadik, biroq sovet davri mualliflari aksariyatining asarlarida, odatda, davlat "mazmuni"ning ahamiyatini ta’kidlab, uning sinfiyligiga urg’u berilardi. Holbuki, shaklsiz mazmunning ham yashay olmasligi allaqachonlardan ma’lum edi. Shunga qaramay, davlat haqidagi ijobiy gaplarning hammasi beistisno uning mazmuniga nisbatan aytilardi. Bunday nuqtai-nazarning asossizligini ko’rsatib va isbotlab berish uchun ushbu kategoriyani batafsil qarab chiqish kerak bo’ladi.
Yuqoridagilarning hammasi yuridik adabiyotlarda davlat shakli bo’yicha yagona tushunchaning yo’qligidan dalolat beradi. Ayni paytda ushbu tushunchaning an’anaviy hisoblangan ta’rifi mavjud bo’lib, uni aksariyat olimlar ma’qullashadi, biz ham uni asos qilib olishni tavsiya etamiz.
Shunday qilib, davlat shakli deganda, uch tarkibiy qismi (yoki tomom) — boshqaruv shakli, dav­lat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi (S.A.Komarov).
Ushbu ta’rifga e’tiroz bildirmagan holda, biz, e’tiboringizni "siyosiy hokimiyat" hamda "siyosiy idora usuli" degan iboralarga jalb etishni istardik. Bu iboralar bizga tanish mazkur yo’nalishda tez-tez qo’llanadi. Fikrimizcha, bu zaruriy shart emas. Shuning uchun ham ba’zi mualliflar diqqatni chalg’itmaslik uchun bu iboralarni shunday qo’llashadi: siyosiy (davlat hokimiyati), davlat (siyosiy) idora usuli.
Yana bir jihatni ta’kidlashni istardik. Biz yuqorida davlat shakli uning mazmuni bilan uzviy bog’liqligini aytib o’tgandik. Shu fikrni batafsilroq tushuntiramiz. Mazmun davlat hokimiyatining kimga tegishliligini, uning subyektini (egasini) aniqlash imkonini beradi, shuningdek, uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob beradi. Zikr etilganlar asosida, davlat shaklining uch jihati mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Bular:
boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi;
davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning o’zaro munosabatlari muayyan tartibi;
siyosiy (davlat) idora usuli, ya’ni siyosiy davlat (hokimiyat(i)ni amalga oshirish usul va uslublaridir.



Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə