Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#151467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat shakllari tushunchasi12

Respublika -davlat hokimiyati aholi muayyan muddatga saylab qo’yadigan organlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv shaklidir. Respublika ham monarxiya singari muayyan tarixiy xususiyatga ega. Boshqaruvning respublika shakli bir qancha turlari mavjudligi tarixdan ma’lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bila boshlagan edi.
Demokratik respublika Afina davlatida (eramizgacha V-IV asrlar) mavjud bo’lgandi. Buni jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu yerga xos xususiyati, ya’ni ozod afinaliklarni qulga aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo’lganligi, davlat boshqaruvining samarali tizimi mavjudligi bilan izoshlash mumkin edi.
Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlati (eramizgacha V-II asrlar) aristokratik respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida u ko’proq aholining aristokratik qismi manfaatlarini ifodalardi.
Kapitalizm davri parlamentar (parlament) respublikasi hamda prezidentlik respublikalarini vujudga keltirdi.
Parlamentar respublikalarning boshqalardan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat pog’onalarida kelishmovchiliklarning bilmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati boshlig’i (bosh vazir) va uning mahkamasi parlament, to’g’rirog’i, parlament ko’pchiligi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Hukumat qonun chiqaruvchilar ko’pchiligining qo’llab-quvvatlab turgan muddatlardagina o’z vazifalarini bajara oladi. Bunday ko’pchilikdan mahrum bo’lganda esa, mazkur hukumat iste’foga chiqishga majbur bo’ladi. Odatda, parlament respublikalarida prezident katta rol o’ynamaydi, ijroiya hokimiyati go’yo qonun chiqaruvchi hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat tarmoqlari o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ixtiloflarning oldi olinadi.
Biroq, parlament respublikasi ham kamchiliklardan holi emas. Partiya tizimining o’ta mayda bo’laklarga bo’linib ketganligi shunday kamchiliklardan biridir. Mazkur parlament koalitsiyalarining ham maydalashuviga, bu esa, o’z navbatida hukumatning beqarorligiga olib keladi. Muayyan sharoitlarda, xatto ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar ham, parlament ko’pchiligi koalitsiyasining bir qismi bo’lib qolishi mumkin. Bu esa, mamlakatga ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o’rtasidagi ziddiyatlardan kam bo’lmagan jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi mumkin.
Boz ustiga, parlament respublikasida shu parlament oddiy ko’pchiligi kuchi bilan mustabidlikni yaratish ehtimoli istisno etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv parlament shaklining samaradorligi va barqarorligi parlamentdagi o’rinlar uchun kurash olib boruvchi siyosiy partiyalar tabiatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli sifatida birinchi navbatda saylab qo’yilgan davlat boshlig’i bir vaqtning o’zida hukumat rashbari ham bo’lishi bilan farq qiladi. Prezidentning o’zi parlament roziligi bilan shu hukumatni tuzadi va zarurat tug’ilganda uni tarqatib yuborish huquqiga ega bo’ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident umummilliy manfaatlar ifodachisi, millat ramzi bo’lishi (har qalay shunday bo’lishi kerak ham) boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun vakolatni bir shaxsga beradi va u favkulodda holatlarda mas’uliyat va rashbarlikni o’z qo’liga oladi. Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, parlament shakliga nisbatan yuqoriroq darajadagi siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Zero, hukumat (prezident) konstitutsiyada belgilab qo’yilgan qat’iy muddatga saylanadi.
Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Boshqaruvning parlament shaklidan farqli o’laroq. U hokimiyatning ijroiya va qonun chiqaruvchi tarmoqlari o’rtasidagi ziddiyat va mojarolarni, shuningdek, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini istisno etmaydi. Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko’pchiligi boshqa-boshqa partiyalar, siyosiy oqimlarga mansub bo’lgan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan birini tanlash yagona, ammo beqaror rashbariyat (parlament boshqaruvi) bilan barqaror, lekin ikki hokimiyat o’rtasidagi ixtiloflarni istisno etmaydigan rashbariyatdan birini tanlash degan ma’noni anglatadi.
Bundan tashqari, prezidentni saylashning eng maqbul uslubi o’zi bormikan? Ularning har biri o’zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu munosabat bilan prezidentlik saylovlarining ahamiyati oshib boradi. To’g’ridan-to’g’ri saylovlar eng sodda va demokratik saylovlardir, Bundan tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga juda katta qaram bo’lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib kiring).
Davlat boshqaruv tizimi qotib qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida muqarrar ravishda izgarib, yangilanib turadi.
Jaxon tarixiy tajribasi prezidentlik usuli davlat boshqaruvining eng maqbul, xalq manfaatlari ehtiyojlariga javob beradigan qulay tizimlaridan ekanligini ko’rsatib turibdi. "1995 yilgi ma’lumotga kira, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga azo 186 davlatdan 140 tasida Prezident lavozimi mavjud bo’lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSH, Fransiya, Argentina, Braziliya, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Gonduras, Gambiya, Urugvay va boshqalardir".

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə