Davlat ta’lim standarti. Malaka talablari



Yüklə 325 Kb.
səhifə5/27
tarix04.03.2022
ölçüsü325 Kb.
#84320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-amaliy mashg\'ulot

-ta’lim dasturlari bosqichi kodi;


Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida — 5A (raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5140100, 5211300, 5520400 va hakozo; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va hakozo.

Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kadrlar iste’molchilari tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Yo‘nalish va mutaxassisliklar klassifikatorini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:



    • yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan istiqbol ehtiyojini asoslash;

    • bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejasi loyihalari va boshqa o‘ziga xos belgilari;

    • yangi yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy-pedagogik va moddiy- texnik ta’minoti mavjudligini asoslash.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi olib boradi.

Mazkur klassifikator tayyorlov yo’nalashlarining nomlari va kodlari, oliy ta’lim muassasalarida kasblar va ixtisosliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni belgilaydi.

Amaldagi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida 182 ta ta’lim yo‘nalishlari va 434 ta mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, ular bilim sohalari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (2.1-jadval).

2.1-jadval

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bilim sohalari bo‘yicha taqsimlanishi





Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə