Davlat test markazi


TARIX FANIDAN ABITURIYENTLARGA TAVSIYALAR



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə3/141
tarix03.03.2022
ölçüsü4,76 Mb.
#84290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
dtm yangi 2019 100 % ishlangan Jonibek Ravshanovich(1)

4

TARIX FANIDAN ABITURIYENTLARGA TAVSIYALAR

“Tarix - ulug' murabbiy” deb bejiz aytishmagan. Tarix xalqqa saboq va ma’rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan turib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o' z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy manbalarni sinchiklab o'qish va o'rganish orqali bilib oladi. Shuningdek, yuksak cho'qqilarni ko'zlagan har bir inson uchun nafaqat o'z vatani tarixini, balki jahon xalqlari tarixini ham o'rganish muhimdir.

Abituriyentlarning tarix fanidan test sinovlariga tayyorlanishlarida, O'zbekiston va Jahon tarixidagi mavzularni o'ziga qamrab olgan materiallarni o‘zlashtirish darajasini tekshirishlarida yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu test topshiriqlari to‘plami nashr qilindi. To'plamdagi test topshiriqlari DTS va o'quv dasturlariga mos ravishda amaldagi darsliklar asosida tuzilgan.

2019-yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari tizimida an’anaviy test topshiriqlari bilan bir qatorda yangi shakldagi, ya’ni xarita, jadval, rasmlar keltirilgan test topshiriqlari ham joriy etilgan. Bu yangilikdan maqsad abituriyentlarning maxsus bilimlarini, ya’ni xarita bilan ishlash, jadvallarni o'qish va tushunish, rasm bo'yicha voqealarni aniqlashdagi ko'nikmalarini tekshirishdir.

Tarix fanidan test topshiriqlarini bajarishda quyidagilar tavsiya etiladi:


  • O'zbekiston va Jahon tarixida mavjud bo'lgan davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lish;

  • Ma’lum bir davrdagi bir davlat tarixi voqealarini boshqa davlat tarixi voqealari bilan solishtirish, yoki bir davlatning turli davrlarda yuz bergan voqealarini solishtirish;

  • Berilgan davlatning nafaqat xaritada joylashgan o'mini bilish, balki unga qo'shni davlatlar haqida ham tasavvurga ega bo'lish.

Quyida Tarix fanidan tuzilgan test topshiriqlaridan namunalar keltiramiz.

1. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o'rniga mos keluvchi ma’lumotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping




Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə