1 laboratoriya mashg‘uloti ekologik xarita bilan ishlash



Yüklə 0,97 Mb.
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123347
1- laborotoriya


1 - LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
EKOLOGIK XARITA BILAN ISHLASH
Rejasi
1. O‘zbekiston ekologik xaritasibilanishlash.


2. O’zbekistonning bugungi kundagi ekologik holatini o’rganish.


Nazariy ma’lumotlar. Hududlar, landshaft va ekotizimlarning xaritasini tuzish bilan ularda antropogen omillar ta’siridagi ekologik buzilish jarayonini qay tarzda, qanday tezlikda borayotganligini bilish, hamda ularni oldini olish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va ularni asrab – avaylash imkonini beradi. Shuningdek, tabiiy muhitda uzoqda turib, u yerdagi barcha biologik organizmlarning monitoringgini olib borish imkonini tug‘diradi. Ekologik xaritani tuzishda koinot ma’lumotlaridan foydalanish xaritalarni aniq chiqishida, borish nisbatan qiyin bo‘lgan hududlar o‘lchamini belgilashda, hamda bu ishlarni tan narxini arzonlashtirishda qo‘l keladi. Ekologik xaritani o‘z vaqtida ishlab chiqish, aniq ishlangan sxema yaratish tabiatdagi o‘simliklar va hayvonot dunyosi, atmosfera havosini, tuproq, suv manbalarini muhofaza qilish va ularga bo‘layotgan turli ta’sirlarni oldini olish imkonini beradi. Ekologik xarita ma’lum hududning, obyektning katta – kichikligidan qat’iy nazar belgilangan mashstab asosida chiziladi, bu esa ekologik monitoringni olib borishda juda muhim o‘rin tutadi.
Tayanch iboralar:Hududlar, landshaft, ekotizimlarning xaritasini tuzish, biologik organizmlarning monitoringgi, ekologik xarita, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, ekologik monitoring, tabiiy resurslar.
Ishning maqsadi: O‘zbekistonning ekologik xaritasi orqali mamlakatimiz tabiatini turli omillardan muhofaza qilish yo‘llarini o‘rganish, alohida muhofazaga olingan hududlarni (qo`riqxonalar, Milliy bog`lar, buyurtmaxonalar) xaritadagi joylashuvi, maydoni, qaysi Ekotizimlarda joylashganligi, nimalar muhofazaga olinganligi tahlil qilish, atrof–muhit muhofazasi fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash. Talabalarga ekologik xaritalar bilan ishlashni o`rgatish. Toshkent va Samarqand viloyatlari (boshqa viloyatlar) tumanlaridagi ishlab chiqarish obyektlar holati va ularning atrof – muhit holatiga ta’sirini aniqlash.
Material va jihozlar: O‘zbekistonning ekologik xaritasi, yozuvsiz xarita (kontur kartalar), qalam, chizg‘ich, rangli qalamlar, o‘chirg‘ich, adabiyotlar, ma’ruzalar yozilgan daftar.
Ishni bajarish tartibi:
Ishni bararish mobaynida quyidagi muammolar muhokama qilinadi:
1. O‘zbekiston aholisining o‘sish sur’ati darajasi va oqibatlari.
2. Atmosfera havosining ifloslanishi, uni keltirib chiqaradigan sabablari.
3. Suvning ifloslanishi, uni keltirib chiqaradigan sabablari.
4. Tuproqning ifloslanishi, uni keltirib chiqaradigan sabablari.
5. O`zbekistondagi qo`riqxonalarni, Milliy bog`larni yozuvsiz xaritalarga belgilash va ular to`g`risida ma`lumotlar keltirish.
6. Tabiatni muhofaza qilish uchun qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar.
Quyida keltirilgan xaritalar yordamida yuqoridagi savollarga shartli belgilarga asoslangan holda o‘rganibchiqing. Atmosfera, tuproq, suv va noyob o‘simlik va hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni daftaringizga yozing. Ushbu ko‘rsatkichlarni yozuvli xaritada ko‘rsatib o‘ting. Xulosalarni daftaringizga qayd eting.
Izoh. Talabalar o`zlari yashab turgan tuman va shaharlarning xaritalaridan foydalanib, u joydagi sanoat korxonalari joylashuvi uni atrof muhitga ta`sirini, tuproq, suv, fauna va flora olamining holatini o`rganishlari mumkin. Buning uchun viloyat va tumanlardagi Tabiatni muhofaza qilish qo`mitalarining ma`lumotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
1-харита. Respublikadagi sug‘oriladigan yerlar xaritasi


2-xarita. Respublika atrof muhit holatini kuzatish xaritasi


3-xarita. Respublikadagiyer osti suvlari konlarining xaritasi




4-xarita. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar xaritasi


5 - xarita. Respublikadagi muhofaza qilinadigan hududlarning bioxilma-xilligi xaritasi


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə