Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə21/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Geosiyosat majmoa

"Monro doktrina"si. 1823 - yil 2 dekabrda AQSH prezidenti J.Monro tomonidan ishlab chiqilib, kongressga taqdim etilgan tashqi siyosiy konsepsiyadir. Mazkur konsepsiya G’arb yarim shari hududlarining «Yevropa kuchlari tomonidan kelajakda mustamlakaga aylantirilmasligi’ lozimligini nazarda tutgan. Shuningdek bu hudud bilan bog’liq masalalar ilgari surilganda AQSH roziligi bilan amalga oshirilishi lozim edi. Bir so’z bilan aytganda AQSH G’arbiy yarim sharning
―politsiyasi‖ ga aylandi.
Doktrina avvaliga o’zida boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik shukuhi borligini namoyon etishga harakat qilgan. Biroq bunday nazariy mulohazalar amaliyotda boshqacha aks eta boshlagan. E‘tibor bersangiz, "Monro doktrina"si XIX asr oxiri va XX asr boshlarida panamerikanizm orqasida Amerika qit‘asining birlashuvi uchun ekspansion xarakterni o’zida aks ettirgan. Aynan ushbu doktrina bayrog’i ostida AQShning Lotin Amerikasi mintaqasi davlatlariga nisbatan harbiy yurishlari shu vaqtga to’g’ri keladi17.
"Olni doktrinasi" XIX asr oxiri - XX asr boshlarida G’arb yarim sharidagi jarayonlarga nisbatan AQSH davlat kotibi R.Olni tomonidan ishlab chiqilgan tashqi siyosiy dastur. Mazkur doktrina birinchi navbatda Amerika qit‘asidan Yevropa kuchlarining chiqib ketishini, ularning mintaqa davlatlari siyosiy hayotiga aralashmasliklarini yoqlaydi.
1895–96 yillar Janubiy Amerikada Venesuela va Buyuk Britaniyaga qaram bo’lgan Gviana o’rtasida chegara masalasida kelishmovchiliklar bo’ladi. AQSH tomoni 1895 - yilning 20 iyulidayoq Buyuk Britaniyaga diplomatik nota yuborib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarining mintaqadan chiqib ketishlarini talab qiladi. O’sha notada har qanday Yevropa davlatlarining Amerika mintaqasiga mansub yerlarda o’z nazoratini o’rnatishi «muqarrar ravishda be‘manilik va tutruqsizlikdir’, deb qayd qilinadi18.
Ana shu g’oyalar A.Mexen qarashlari bilan uzviy bog’liqdir. Uningcha,
Amerika uchun "dengizdagi taqdir" o’yini ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Amerika mintaqadagi integratsion jarayonlarni o’z izmiga (strategik) mos tarzda amalga oshirishi va undan keyin jahonga "hokimlik qilish" uchun ikkinchi bosqichga ko’tarilmog’i lozim.
Garchi A.Mexen yashagan davrda AQSH jahonda yetakchi siyosiy kuch markazlaridan va "dengizdagi sivilizatsion imkoniyat"ga ega davlatlar qatoriga kirmasada, admiral kelajakda aynan AQSH yetakchi dengiz kuch markazlaridan biriga aylanib, dunyo taqdiriga albatta ta‘sir o’tkazadi, degan xulosaga keladi. "Alalxusus, - deydi admiral 1897 - yilda nashr qilingan "Dengiz qudratida Amerika manfaatlari" (The Interest of America in Sea Power) asarida, - Amerika jahonda yetakchi kuch markazi bo’lishi uchun quyidagi amallarni bajarishi zarur, ya‘ni ingliz dengiz kuch markazi bilan muntazzam hamkorlik; nemislarning dengizdagi harakatlariga to’sqinlik ko’rsatish; Yaponiyaning Tinch okeanidagi bosqinchilik siyosatini xushyorlik bilan kuzatish va unga qarshi harakatlarni boshlash; Osiyo xalqlariga qarshi kurashda yevropaliklar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish"19.
AQSH ning kelajagini jahonning yirik davlatlari bilan jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiy, siyosiy, harbiy, mafkuraviy sohalarda faol munosabatlar olib borishida tasavvur qiladi.
Mexen ―Anakonda‖ tamoyilini planetar darajaga olib chiqadi. ―Anakonda‖ tamoyili amerika generali Mak-Klellan tomonidan 1981 - 1865 yillarda fuqarolar urushi davrida qo’llanilgan edi. Unga asosan raqib turgan hudud ham quruqlikdan, ham dengizdan o’rab olinishi, hamda iqtisodiy richaglar vositasida raqib xoldan toydirilishi lozim edi. Yevrosiyo kuch markazlariga (Rossiya, Xitoy, Germaniya) qarshi kurashish uchun u "anakonda" prinsipini20 keng miqyosda ularga qarshi tadbiq etish kerak deydi. Amaliyotda bu prinsip Ijahon urushida Antanta davlatlari ko’magida Yevrosiyoning harbiy qirg’oqbo’ylaridan boshlangan bo’lsa, II - jahon urushida bu harakat Markaziy Yevropa tomon suqilib kirdi. Ilgari surilgan konsepsiyaning amaliy ko’lami "sovuq urush" mobaynida AQSH va SSSR qarama - qarshiligi orqasida o’zining muayyan yuqori bosqichiga ko’tarildi. AQSH bu davrda Yevrosiyoning nafaqat g’arbiy - janubiy tomonidan, balki sharqiy qirg’oq bo’yi hududlaridan o’zining "ittifoqdosh"larini topishga ulgurdi.
1949 - yilda NATO ning tuzilishi va boshqa harbiy - iqtisodiy bloklar – ACEAN, ANZUS, CENTO singari tashkilotlarining tuzilishi va ular faoliyatida AQShning yetakchilik qilishi A.Mexen fikrlarining to’g’ridan - to’g’ri amaliy isbotini topganligini ko’rsatdi. Voqealar rivojining "atlantizm" nazariyasi1 bilan bog’lanishi A.Mexenni zamonaviy "atlantizm" oqimining "nazariy otasi" degan fikrni o’rtaga tashlashga imkon beradi.2
A.Mexen geosiyosiy qarashlariga bugungi sharoitdan kelib chiqib yondashsak, albatta u ahamiyatini ham amaliyotda, ham nazariyada yo’qotmagan. A.Mexenning barcha asarlari umumiy jihatdan bir mavzuga - "dengiz kuch markazlari" muammosini tadqiq etishga qaratilgan. Mexen konsepsiyasi geosiyosatda birinchi bo’lib fanning nazariy - uslubiy jihatlarini amaliyot bilan bog’lagan holda ma‘lum bir tartibotga keltirishga zamin yaratdi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə