Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə62/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Geosiyosat majmoa

Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi 1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To‘rtlar to‘dasi (bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun yo‘lini xato deb e’lon qildi. «Katta sakrash»va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi 1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat korxonalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyigazlama, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi. Bular, o‘z navbatida, aholi turmush darajasining o‘sishiga olib keldi. 90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o‘g‘it ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo‘ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozoriqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich aynipaytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham. Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy, ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi. Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan. 90-yillardan belgilangan «Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o‘tish»ning mazmuni shuki, qishloq xo‘jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo‘jalik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o‘zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi. Shaharlarda «direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish», sanoat korxonalarini «mustaqil xo‘jalik tashkilotlariga» aylantirish, Tovar munosabatlarini rivojlantirish, «narx-navo davlat yo‘li bilan bir xil belgilab qo‘yiladigan sohani toraytirish», chog‘roq xususiy va jamoa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat ko‘rsatish va savdo-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmoyasini jalb qilish xo‘jalik tizimi islohotining bosh bo‘g‘ini bo‘ldi. XXR rahbariyatining so‘zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga o‘tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 2000-yilgacha sanoat va qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar ko‘payib, xalq turmushi o‘rtacha ma’murchiligiga erishildi. Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o‘rtacha rivojlangan mamlakat darajasiga ko‘tarish. 2049-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlanganzamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga: fuqarolik qonunlari va iqtisodiy qonunlarga bo‘linadi. Ular bozor subyektlarini, ya’ni korxonalarning vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini zamonaviylashtirish va faolligini ishga solishni, o‘zgartirilishi, bekor qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to‘liq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot sifatiga kafolat berish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shug‘ullanish, chek hujjatlarini tartibga solish, uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus qonunlar mavjud bo‘lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi. Korrupsiya va poraxo‘rlik eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo‘rlik uchun otishga hukm qilindi. Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat qilish, davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo‘jaligining uzluksiz, muhim, to‘g‘ri yo‘ldan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo‘jaligi rejasini tuzish, to‘g‘ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi. 2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash raisi lavozimidan iste’fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə