Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə70/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Geosiyosat majmoa

Individualizm-Shaxsiy manfaatlarni jamiyat, jamoa manfaatlaridan yuqori qoʻyuvchi yoki ayrim shaxsni jamiyatga qarama-qarshi qoʻyuvchi nuqtai nazar.
Dualizm (lot. dualis — ikki yoqlama) — bir-biri bilan birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi taʼlimot. Dualizm plyuralizm koʻrinishlaridan biri. 
Prognoz-Boʻlajak voqea yoki hodisalarning qanday ke-chishini, rivojlanishini va oqibatini maxsus izlanishlar, mavjud dalillar va maʼlumotlarga asoslanib, oldindan aytib berish; oldindan chiqarilgan xulosa. 
Sivilizatsiya- Moddiy va maʼnaviy madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotida erishilgan muayyan bosqich; madaniy taraqqiyot darajasi. 
CHEGARAVIY MAYDON- Bunday maydonda ma‘lum bir milliy jamoa istiqomat qilsada, davlatning u yerda nazorat qilish funksiyasi rasmiy xarakterda bo’lib, yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo’ladi.
DEMARKATSIYA- Davlatlar o’rtasidagi chegarani qonunchilik asosida o’rnatish
MONRO DOKTRINASI -1823 yil 2 dekabrda AQSH prezidenti J.Monro tomonidan ishlab chiqilib, kongressga taqdim etilgan tashqi siyosiy konsepsiya. Mazkur konsepsiya Farb yarim sharini "amerikacha" va "yevropacha" muhitga bo’lish g’oyasini o’zida aks ettiradi. «Monro doktrina’si G’arb yarim shari hududlarining «Yevropa kuchlari tomonidan kelajakda mustamlakaga aylantirilmasligi’ lozimligini nazarda tutgan.
MORFOSIYOSAT - Davlatning hududiy shakllarini o’rganuvchi bilimlar majmuasi. Morfopolitika uchun davlat hududlari qanday boyliklarga egaligi muhim emas. Bunda davlat hududidan qanday ko’rinishga ega, yoysimon, dumaloq yoki uzunchoq holatda joylashganligi, davlatda markaz bilan joylar o’rtasidagi aloqalarning geografik tizimi va davlatning tashqi dunyoga geografik jihatdan chiqish imkoniyatlari masalasiga e‘tibor beriladi.
TOPOSIYOSAT - davlatning siyosiy jihatdan qanday muhit bilan qurshalganligini o’rganadi. Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo’ladigan kuchlarning ta‘sir etish yoki etmaslik masalasi muhimdir. Bunday omillar davlatga atrofdan ittifoqdoshlar qidirish va davlatlararo kelishuvlarning boshqa variantlarini yuzaga keltirish uchun muqobil siyosatlarni ishlab chiqish masalasini yuzaga chiqaradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə