Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə85/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Geosiyosat majmoa

MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.


Geosiyosat asoslari fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o‘rgatish, mashqlar bajarish. Siyosiy asarlarni tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, siyosiy jarayonni kuzatib borish. Malakaviy amaliyotni o‘tish chog‘ida yangi texnika, jihozlar, keng ko‘lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.


Mustaqil ish mavzulari

  1. Geosiyosat asoslarining vujulga kelishiga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoj.

  2. Geosiyosat asoslarining shakllanishidagi ilmiy yondashuvlar: tsivilizatsion (N.Danilevchkiy, K.Leontev, O.Shpengler va boshqalar), harbiy-strategik (N.Makiavelli, K. fon Klauzevits, X.Moltke va boshqalar) va geografik diterminizm (Arastu, J.Voden, Sh.Monteske va boshqalar).

  3. “Geosiyosat asoslari” va politologik fanlarning o‘zaro aloqasi va o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. Prognoz qilish funktsiyasi.

  5. Fanning mafkuraviy funktsiya.

  6. Fanning sistemalik, taqqoslash metodlari

  7. X.Makinder tomonidan jahon siyosiy tarixining original va inqilobiy g‘oyasining ishlab chiqilishi– «Tarixning geografik o‘zagi».

  8. A.Mexen tomonidan dengiz kuchlarining qudrati (ishlab chiqarish, savdo, mustamlakalar bosib olish) maxsus ta’limot sifatida ishlab chiqilishi.

  9. Geopolitik nazariyada «rivojlanish joyi» tushunchasi-Rossiya Evropa ham, Osiyo ham emas naqli sifatida.

  10. P.Savitskiy qarashlarida geografik makon tushunchasi.

  11. Evrosiyo o‘ziga xos geografik dunyo sifatida.

  12. Atlantizm va mondializm g‘oyalarining mohiyati.

  13. Evropani birlashtirish g‘oyasining ob’ektiv zaruriyatga aylanishi.

  14. Dovon-Xitoy munosabatlari.

  15. “Dastur ul-muluk“, “Sad’iy Iskandariy“ asarlaridagi siyosiy qarashlar.

  16. “Temur tuzuklari“ asari siyosiy bilimlar rivojida.

  17. XVI-XIX asrlarda vujudga kelgan geosiyosiy bilimlarning mohiyati

  18. Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi.

  19. O‘rta Osiyoda Angliya va Rossiya manfaatlari doirasining to‘qnashuvi va uning asosiy sabbalari.

  20. Ingliz ekspeditsiyalari va Ruslarning 1839 yilgi Xivaga yurishi.

  21. Yangi ming yillik arafasida o‘z echimini topmayotgan muammolar.

  22. Barqarorlikni qanday ta’minlash mumkin

  23. Mintaqaviy majarolarni bartaraf etish yo’llari

  24. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi

  25. Rossiya-AQSh munosabatlari.

  26. Strategik manfaat va geosiyosiy yondashuvlar zidligi.

  27. Potsdam konferentsiyasi bitimlarining barbod bo‘lishi. Kaliningrad masalasi.

  28. Rossiya-Xitoy munosabatlari ob’ektiv zaruriyat sifatida.

  29. Daues va Yung rejaliri, Lend-Liz haqidagi hujjatning mohiyati

  30. Malshal rejasi, Trumen doktrinasi

  31. AQSh ning Xitoydagi geosiyosiy manfaatlari.

  32. “Katta Xitoy” integratsiyasi - Xitoy, Tayvanь, Syangan, Aomen (Makao), Singapur).

  33. Xitoy geosiyosatining mohiyati.

  34. Mamlakatdagi milliy muammolar.

  35. Yaponiyaning geostrategik ahvoli

  36. Yaponiyaning qadimiy va boy tarixi

  37. Atlantizm g‘oyalarini amalga oshishida Kollingz dasturi.

  38. O‘zbekiston geosiyosiy ahvoli: qulay va noqulay jihatlari

  39. Markaziy Osiyoda ekologik vaziyat.

  40. Integratsiya –muammolarning echimining asosiy omili sifatida.

  41. ShHT va Osiyo integratsiyasi masalalari.

  42. ShHT va AQSh ning geosiyosiy manfaatlari.

  43. ShHT ning xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarsh kurashdagi roli

  44. “Yangi katta o‘yin” kontseptsiyasining geosiyosiy mohiyati

  45. Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda rivojlangan davlatlar manfaatlarining to’qnashuvi




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə