Davlat va huquq asoslari


Loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə43/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzish man etiladi



NIKOH TUZISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR

QARINDOSHLAR
Loaqal bittasi ruhiyat buzillishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzish man etiladi
Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa- singillar o‘rtasida, farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish man etiladi



48
@edurtm_uz

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari hamda ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi. Bundan tashqari, nikohlanuvchilarning loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, bunday shaxslar o‘rtasida ham nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
NIKOH TUGATILISHINING OQIBATLARI
Jamiyatda ayrim holatlarda turli sabablarga ko‘ra nikoh tugatilishi holatlari uchraydi. Qonunchilikka ko‘ra, nikohni tugatish va nikohdan ajratish degan tushunchalar mavjud. Nikohni tugatish deganda, masalan, er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb eʼlon qilishi oqibatida nikohning bekor bo‘lishi tushuniladi. Nikohdan ajratish deganda er-xotindan biri yoki ikkalasining arizasiga binoan nikohni sud tomonidan ajratish tushuniladi. Nikohdan ajratish sud tartibida va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (qayd etish) organlarida amalga oshiriladi.
Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Agar bolalar borasida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish borasida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablag‘ to‘lash borasida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
Agar er-xotinning voyaga yetmagan bolalari bo‘lmasa, er-xotin nikohdan ajrashishga o‘zaro rozi bo‘lsalar va o‘rtada mulkiy nizo bo‘lmasa, nikoh FHDY organida ajratiladi.
Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlaydi. Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko‘rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun xabardor qiladi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə