Savol va topshiriqlar
BMT tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qanday qoidalarga amal qiladi?
BMTning asosiy vazifalarini sanab oʻting.
Sizningcha, davlatlar oʻrtasida doim katta va kichik urushlar boʻlishiga sabab nima?
Oʻzbekiston Respublikasi yana qanday masalalarda BMT bilan hamkorlik qilishi kerak deb oʻylaysiz?
Mustaqil ish uchun topshiriq
davlat A. davlatga hujum qildi. Boshqa davlatlar barchasi birgalikda BMT orqali
B. davlatga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Ya’ni xalqaro huquq qoidalarini buzib boshqa davlat hududiga hujum qilgan B. davlat yakkalab qoʻyildi.
B. davlatga nisbatan sanksiyalar qoʻllanishi asoslimi? Berilgan vaziyat haqida mavzu doirasida olgan bilimlaringizga asoslanib oʻz fikringizni bildiring.
Sizningcha, bu kabi sanksiyalarni qo‘llash kelib chiqishi mumkin boʻlgan urushlarning oldini olishda yuqori samara beradimi?
106
@edurtm_uz
30-DARS. BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING ORGANLARI
Biz qat’iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Shavkat Mirziyoyev
Siz bilib olasiz
Birlashgan Millatlar Tashkilotining organlari.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tashkilotlari. Bola huquqlarini himoya qilishda BMTning faoliyati.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING ORGANLARI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz maqsadlarini amalga oshirishida uning asosiy organlari katta ahamiyat kasb etadi. BMTning Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi, Ijtimoiy va iqtisodiy kengash, Vasiylik kengashi, Xalqaro adolat sudi hamda Kotibiyat deb nomlanadigan 6 ta asosiy organi mavjud. BMT ushbu asosiy organlari va ularning qoshidagi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar orqali faoliyatini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |