Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə91/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Savol va topshiriqlar

    1. BMT tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qanday qoidalarga amal qiladi?

    2. BMTning asosiy vazifalarini sanab oʻting.

    3. Sizningcha, davlatlar oʻrtasida doim katta va kichik urushlar boʻlishiga sabab nima?

    4. Oʻzbekiston Respublikasi yana qanday masalalarda BMT bilan hamkorlik qilishi kerak deb oʻylaysiz?

Mustaqil ish uchun topshiriq



  1. davlat A. davlatga hujum qildi. Boshqa davlatlar barchasi birgalikda BMT orqali

B. davlatga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Ya’ni xalqaro huquq qoidalarini buzib boshqa davlat hududiga hujum qilgan B. davlat yakkalab qoʻyildi.
B. davlatga nisbatan sanksiyalar qoʻllanishi asoslimi? Berilgan vaziyat haqida mavzu doirasida olgan bilimlaringizga asoslanib oʻz fikringizni bildiring.
Sizningcha, bu kabi sanksiyalarni qo‘llash kelib chiqishi mumkin boʻlgan urushlarning oldini olishda yuqori samara beradimi?


106
@edurtm_uz

30-DARS. BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING ORGANLARI
Biz qat’iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Shavkat Mirziyoyev
Siz bilib olasiz

Birlashgan Millatlar Tashkilotining organlari.


Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tashkilotlari. Bola huquqlarini himoya qilishda BMTning faoliyati.


BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING ORGANLARI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz maqsadlarini amalga oshirishida uning asosiy organlari katta ahamiyat kasb etadi. BMTning Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi, Ijtimoiy va iqtisodiy kengash, Vasiylik kengashi, Xalqaro adolat sudi hamda Kotibiyat deb nomlanadigan 6 ta asosiy organi mavjud. BMT ushbu asosiy organlari va ularning qoshidagi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar orqali faoliyatini tashkil etadi.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə