Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə89/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting

Kuch ishlatmaslik tamoyili. Ushbu tamoyildagi “kuch” so‘zi faqatgina qurolli kuchlar, ya’ni armiyani ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, bir davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llash yoki siyosiy bosim o‘tkazish kuch ishlatish hisoblanmaydi. Siyosiy bosim o‘tkazish boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga zid kelishi mumkin.


BMT nizomining 51-moddasiga ko‘ra, davlat o‘zini himoya qilish uchun kuch ish- latishi mumkin. Bu kuch ishlatmaslik tamoyiliga istisno hisoblanadi.

Aynan mana shunday ezgu maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygani uchun ham ko‘plab dav- latlar bu tashkilotga qo‘shildi. Natijada a’zolar soni keskin darajada oshdi. Bugun ularning


104
@edurtm_uz

soni 193 tani tashkil etadi va bu dastlabki a’zolar sonidan to‘rt barobar ko‘p deganidir. Bugun ba’zilar BMTni turli masalalarda tanqid qilsa-da, tan olish kerak, davlatlarni bu darajada keng miqyosda va keng ko‘lamda birlashtira oladigan hamda ularning hukumat- larini bir joyga yig‘a oladigan boshqa tashkilot mavjud emas.


XALQARO HAMJAMIYATDA TINCHLIK VA XAVFSIZLIKNI SAQLASH
BMTning yuqorida keltirilgan maqsadlari ichida eng oliysi xalqaro hamjamiyatning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash hamda xalqaro hamjamiyatda yuzaga keladigan ixtiloflarni yumshatish hisoblanadi. Tashkilot tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda jamoaviy xavfsizlik qoidasiga amal qiladi. Ushbu qoidaga koʻra, manfaatlari turli xil boʻlgan davlatlar ham bir jamoaga birlashadi. Masalan, A. davlat F. davlatga hujum qilsa, boshqa davlatlar barchasi birgalikda BMT orqali A. davlatga nisbatan sanksiyalar joriy etadi. Ya’ni boshqa davlat hududiga xalqaro huquq qoidalarini buzib, hujum qilgan davlat yakkalab qoʻyiladi. Bu esa kelib chiqishi mumkin boʻlgan urushlarning oldini olishda yuqori samara beradi. Mazkur qoidaning mavjudligi davlatlarning turli guruhlarga ajralib olib, kuchlar taqsimotini muvozanatda saqlash orqali tinchlikni ta’minlashga urinishidan koʻra ancha samaraliroq.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə