Davlat va huquq asoslari


II BOB. OILAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə2/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

II BOB. OILAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR

  1. dars. Jamiyatda oilaning o‘rni 41

11–12-dars. Nikoh, uni tuzish va tugatish asoslari 46

  1. dars. Oilada er-xotin va ota-onaning huquqiy maqomi 51

  2. dars. Oilada bolalarning huquq va majburiyatlari 56

  3. dars. Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari 59

  4. dars. Ijodiy faoliyat 63

III BOB. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR

  1. dars. Fuqarolik huquqi asoslari 67

18–19-dars. Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari va obyektlari 70

  1. dars. Mulkiy va nomulkiy munosabatlar 74

  2. dars. Majburiyatlar 77

  3. dars. Majburiyatlarning turlari 79

  4. dars. Iste’molchilar huquqlari 82

  5. dars. Intellektual mulk 86

  6. dars. Vorislik 89

  7. dars. Ijodiy faoliyat 92

IV BOB. O‘ZBEKISTON VA XALQARO HAMJAMIYAT

  1. dars. Xalqaro hamjamiyatning vujudga kelishi 95

  2. dars. Xalqaro huquq 99

  3. dars. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik 104

  4. dars. Birlashgan Millatlar Tashkilotining organlari 107

  5. dars. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni 112

  6. dars. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi 115

  7. dars. O‘zbekistonda mahalliy aholi va chet elliklar 119

  8. dars. Ijodiy faoliyat 123

AZIZ OʻQUVCHI!

@edurtm_uz



Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish
qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning
eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish dolzarb masaladir. Chunki yoshlarning huquqiy bilimlari, qonunlarga amal qilishi va ulardan o‘z man- faatlarini himoya qilishda foydalana olishi jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’sir qiladi. Qonun ustuvorligi ta’minlanishi va qonuniylik mustahkamlanishi barcha sohalarda o‘sish, rivojlanish bo‘lishiga turtki beradi.


Qoʻlingizdagi darslik umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi asosida hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda, anʼanaviy yondashuvlar bilan bir qatorda il- gʻor xorijiy tajriba asosida tayyorlandi. Ushbu darslik sizni kundalik hayotda huquqiy vaziyatlarni hal qila olishga, huquq normalarini hayotda mustaqil qoʻllashga va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishga oʻrgatadi. Shuning- dek, 8–9-sinflarda olgan bilim, koʻnikmalaringizga suyangan holda ijtimoiy-huquqiy faolligingizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Darslikda mavzular mantiqiy ket- ma-ketlikda joylashtirilgan boʻlib, unda oʻrganiladigan mavzular sizning yoshingizni inobatga olgan holda yoritildi.
Aziz oʻquvchi! Bugun huquq qoidalarini bilib olmasangiz, oʻz huquqlaringizni hi- moya qilolmaysiz va burch, majburiyatlaringizni anglashingiz qiyin boʻladi. Hayotda uchraydigan ayrim holatlarga duch kelganda ushbu darslikda berilgan savol va topshiriqlar, mulohaza qilish uchun huquqiy masalalar, atamalarning izohi sizga yordam beradi. Darslikdagi ijodiy va mustaqil faoliyatga undaydigan topshiriqlar esa mavzuni toʻliq tushunishga, huquqiy bilimlaringizni yanada boyitishga ko‘mak- lashadi. Siz mazkur darslik bilan bir qatorda mustaqil oʻqish, izlanish, tarixiy, maʼnaviy, huquqiy manbalarni oʻrganish asosida toʻlaqonli bilim va tasavvurlarga ega boʻlasiz.
Darslikdagi mazkur tizim sizni kelajakda oliy ta’lim muassasasida modul kredit asosida ta’lim olishingizda ko‘mak beradi. Chunki siz darslik yordamida dastlab nazariy bilimlarga ega bo‘lasiz, keyin mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda amaliy ko‘nikmalaringiz shakllanadi, so‘ngra ijodiy faoliyatga doir savol va top- shiriqlarni bajarib, fan bo‘yicha belgilangan kompetensiyangiz rivojlanadi.
Yakuniy bosqichda esa nazorat ishi topshirasiz va har bir modul bo‘yicha olgan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakangiz baholanadi.
Ushbu darslik huquqiy bilimlaringizni mustahkamlashga, yuksak axloqiy qadri- yatlar bilan birga huquqiy madaniyatga ega boʻlishingizga, oʻzingiz yoqtirgan kasbni tanlab, mustaqil hayotda oʻz oʻrningizni topishingizga koʻmaklashadi.


Mualliflar jamoasi



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə