Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə9/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI INSON HUQUQLARI
KAFOLATI
Zamonaviy davlatlarning deyarli barchasida inson huquqlari konstitutsiyaning yuragini tashkil etadi, deb ayta olamiz. Zamonaviy konstitutsiyalarning asosiy vazifalaridan biri ham aynan inson huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining bosh qomusi hisoblanmish konstitutsiyamiz ham xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan inson huquqlarini oʻzida aks ettiradi va ularni juda ham yuqori darajada himoya qiladi.
Konstitutsiyaning butun boshli II boʻlimi aynan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgani ham bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Ushbu bobda faqatgina eng asosiy moddalargagina toʻxtalib oʻtamiz. Avvalo, Konstitutsiyaning 19-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega ekani, shuningdek, ular jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi
va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekani ta’kidlanadi. Bu bilan Konstitutsiyamiz asosiy in- son huquqlaridan biri boʻl- gan tenglik va kamsitilmaslik huquqini himoya qiladi.

2023-yil 30-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi referendumi arafasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiridan lavha.
Inson huquqlariga doir yana bir eng muhim mod- da 25-modda boʻlib, unda insonning yashash huquqi haqida soʻz ketadi. Yashash huquqi insonning dunyoga kelgandan to vafot etgunga qadar ajralmas huquqi boʻlib, undan mahrum qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Konsti- tutsiya insonning hayotiga suiqasd qilishni eng ogʻir jinoyat deb baholashi bilan mazkur huquqning naqadar muhim ekaniga urgʻu beradi.
Konstitutsiyaning 33-moddasi dunyo miqyosida alohida e’tirof etiladigan va koʻplab muhokamalarga sabab boʻladigan fikrlash, soʻz va e’tiqod erkinligi huquqini belgilab beradi. Konstitutsiya bu bilan bizga oʻz fikrlarimizni hech qanday majburlovlar yoki cheklovlarsiz erkin ifoda etishimiz mumkinligini koʻrsatadi. Bu huquqlar bizning hayotimizda naqadar
12
@edurtm_uz

muhim ekanini ular mavjud boʻlmagan holatni tasavvur qilib koʻrib, yanada yaxshiroq tushunib yetamiz. Faraz qiling, siz oʻz uyingiz atrofidagi daraxtlarning koʻp kesilayotgani haqida gapirmoqchi boʻlsangiz va buning notoʻgʻriligini aytmoqchi boʻlsangiz-u, kimdir kelib: “Men falon joyda ishlayman, bu haqida gapirishing, fikr bildirishing mumkin emas” desa. Yoki sizni kimdir yoniga chaqirib: “Men falon mansabda ishlayman, sen mana bu ishni qilasan!” deb majburlasa. Qanday holatga tushasiz? Mana shu kabi razil holatlarning roʻy bermasligini aynan ushbu huquq ta’minlaydi. Lekin mazkur huquqqa oid ba’zi istisno holatlarni ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Ya’ni gapirish ekan deb mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi boʻlmagʻur gaplarni aytish, diniy adovat qoʻzgʻatuvchi soʻzlarni aytish, davlat sirlarini oshkor qilish mumkin emas. Chunki bu kabi harakatlar bilan siz mamlakatimizga va uning tinchligiga raxna solib qoʻyishingiz mumkin.
Yana bir qancha inson huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan. Mazkur huquqlar buziladigan boʻlsa, davlat oʻzining turli funksiyalarini ishga solgan holda ularni himoya qiladi. Xususan, konstitutsiyamizda ham “Davlat fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” degan qoida mavjud. Bu inson huquqlari davlat tomonidan himoya qilinadi deganidir. Xoʻsh, bu qanday amalga oshirilishi mumkin? Bunga klassik misol – sudlar orqali. Ya’ni inson huquqlari buzilganda siz mamlakatimizdagi vakolatli sudga murojaat qilishingiz va sudlar orqali adolat oʻrnatilishini talab qilishingiz mumkin boʻladi. Masalan, A ismli yigit B ismli yigitni qattiq urishi natijasida B ismli yigitning koʻziga shikast yetib, u koʻrmay qoldi deb faraz qilaylik. Ushbu holatda B ismli yigit A ismli yigitning ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkin. Yoki D ismli ayol istiqomat qilayotgan turarjoy hokimiyat tomonidan olib qoʻyilsa, u Ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin boʻladi. Sud esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllagan holda adolatni qaror toptirish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, yana bir qancha usullar orqali davlat konstitutsiyada belgilangan inson huquqlarini himoya qiladi. Bu haqida batafsil keyingi darslarimizda toʻxtalib oʻtamiz.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, konstitutsiyada inson huquqlari yuqori darajada himoya qilingan va bu huquqlarni ta’minlashni davlat oʻz zimmasiga olgan jamiyatda yashayotgan ekanmiz, jamiyatimizda inson huquqlarining oʻrni yuqori darajada boʻlib, ularni barcha birdek, ya’ni qanday mansabda ishlashi, boy yoki kambagʻalligidan qat’i nazar, hurmat qilishi lozim.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə