Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə10/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Savol va topshiriqlar

    1. Sizningcha, inson jamiyatdan ajralgan holda yashay oladimi?

    2. Inson huquqlari deganda qanday huquqlarni tushunasiz?

    3. Biror shaxsning manfaati hamda jamiyat (omma) manfaati bir-biriga zid kelib qolganda nima qilish kerak deb hisoblaysiz?

    4. Har doim jamiyatning umumiy manfaatlari insonlarning shaxsiy manfaatlaridan ustun turishi kerak degan fikrdamisiz yoki buning aksimi?

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqlari qanday asosiy qoidalar bilan mustahkamlab qoʻyilgan?

  2. Har bir shaxs boshqa kishilarning huquqlarini nima uchun hurmat qilishi kerak?



13

3–4-DARS. JAMIYATDA SHAXSNING HUQUQIY MAQOMI


@edurtm_uz



Hayotning yagona mazmuni insoniyatga xizmat qilishdir.
Lev Tolstoy


Siz bilib olasiz

Shaxsning huquqiy maqomi (holati). Tenghuquqlik.


Gender tenglik. Zoʻravonlikning oldini olish.


SHAXSNING HUQUQIY MAQOMI (HOLATI)
Oldingi darsda insonning jamiyatdagi oʻrni va uning asosiy huquqlari haqida soʻz yuritdik. Ushbu darsimizda esa avvalgi darsdagi ba’zi muhim masalalarga chuqurroq kirib, ularni anglab olishga harakat qilamiz. Ushbu darsda shaxsning huquqiy maqomi haqida soʻz yuritiladi. Shaxsning huquqiy maqomi masalasi bugun har bir mamlakatning konstitutsiyasidan muhim oʻrin egallagan va inson huquqlari bilan uzviy bogʻliqdir. Ushbu darsda asosan “shaxs” soʻzi ishlatilsa-da, uni inson degan ma’noda tushunsangiz boʻladi. Shaxsning jamiyatdagi huquqiy maqomi unga taqdim etilgan huquq va erkinliklar hamda uning burchlari yigʻindisi hisoblanadi. Xoʻsh, ushbu shaxsning huquqiy maqomini bilish bizga nima uchun kerak? Biz shaxsning huquqiy maqomini bilish orqali uning qanday huquqlarga ega va yana qanday huquqlarga ega emasligini bilib olishimiz mumkin boʻladi.
Shaxsning huquqiy maqomi deganda shaxsning huquqlari, erkinliklari, burchlari yig‘indisi tushuniladi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə