Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə12/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

64-modda.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
TENGHUQUQLIK

Qadim zamonlardan insonlar doim tenglik, tenghuquqlik va teng imkoniyatlarga ega boʻlish uchun kurashib kelishgan. Ammo yaqin 50 yillik oʻtmishgacha juda koʻplab mamlakatlarda notenglik turli xil koʻrinishlarda mavjud edi. Masalan, AQSHda qora tanli aholini kamsitish va ularga teng huquq hamda imkoniyatlarning berilmasligi odatiy hol boʻlgan. Yoki bugungi kungacha jamiyat orasida saqlanib qolayotgan Hindistondagi “kasta” tizimi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.


Bugungi kunga kelib dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tenghuquqlik asosiy insoniy huquq sifatida qaror topgan deb aytish mumkin. Xalqaro inson huquqlariga oid hujjatlarda ham bu alohida ta’kidlab o‘tiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo bo‘lgan Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi paktda ham tenghuquqlik eng asosiy qoida sifatida belgilanadi.
15
@edurtm_uz

1960-yillarda AQSHdagi notenglik- ka bir misol.
1960-yil Italiyada o‘tkazilgan Rim olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan va AQSH bayrog‘ini dunyo bo‘ylab yuqoriga ko‘targan mashhur bokschi Muhammad Ali chempionlikdan keyin AQSHdagi yaxshi bir restoranga tamaddi qilish uchun kiradi. Ammo restoran xodimlari oq tanli bo‘lmagani uchun unga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishadi.
Bu haqda bokschining o‘zi inter- vyularidan birida eslab o‘tgan.
Mamlakatimizda, bundan avvalgi darsimizda ham aytib o‘tganimizdek, tenghuquqlik konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan. Tenghuquqlik ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Oilaviy hayotda, ta’limda, ish faoliyatida tenghuquqlikka amal qilib kelinmoqda.
Yodda tuting
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
2-modda. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududida turgan va o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha shaxslarning ushbu Paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar, hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi.

Tenghuquqlikni tushunishda “tenglik” so‘zini asos qilib olish lozim. Chunki konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadigan huquqlar va imkoniyatlar teng taqdim etilishi kerak. Masalan, saylov huquqiga ko‘ra, har bir fuqaro bitta ovozga ega bo‘ladi. Kimningdir ijtimoiy kelib chiqishiga qarab unga ko‘proq imtiyoz berilmaydi.


Shu yerda “adolat” tushunchasiga ham oydinlik kiritib o‘tishimiz lozim. Chunki ko‘pchilik “tenglik” tushunchasini “adolat” tushunchasi bilan chalkashtirib yuboradi. Biroq ular bir- biridan birmuncha farq qiluvchi tushunchalardir. Masalan, tenglik har bir shaxs o‘z hayotini qurishi va o‘z qobiliyatlaridan maksimal darajada foydalanishi uchun unga teng imkoniyatlar hamda huquqlar berilishini anglatadi. Adolat esa ijtimoiy-falsafiy va axloqqa oid tushuncha bo‘lib, biror masalaga nisbatan insonning har tomonlama odilona munosabatda bo‘lishidir.
16
@edurtm_uz



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə