Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə11/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

O. T. Husanov
O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor
Konstitutsiyamizning shaxsning huquqiy maqomiga oid eng muhim moddasi – 19-mod- dasida, avvalgi darsimizda ham aytib oʻtganimizdek, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega ekani, ular jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekani ta’kidlanadi. Bu yerda bir narsaga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu moddadagi “fuqarolar” soʻzini tor doirada tushunib qolmaslik lozim. Ushbu holatda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet elliklar ham nazarda tutilmoqda. Demak, bu moddadan barchamiz mamlakatimizdagi qonunlar oldida teng ekanimizni anglab olishimiz kerak. Ya’ni siz turkman boʻlasizmi, oʻzbekmi, rusmi, qoraqalpoqmi, qozoqmi, tojikmi yoki boshqa millat vakilimi – farqi yoʻq. Oʻzbekistonlikmisiz, demak, bir xil huquqlarga egasiz, deyilmoqda. Ammo ushbu moddaning istisno bandi ham mavjud boʻlib, u ijtimoiy adolat tamoyiliga asoslangan holda imtiyozlar berilishini aytadi. Ammo bu ham ijtimoiy adolat tamoyiliga asoslanilgani bois kimgadir uning tili yoki dini kabilarga qarab emas, balki iqtisodiy jihatdan zaif ekani yoki jismoniy hamda ruhiy holatlari hisobga olingan holda imtiyoz taqdim etilishi mumkin. Shu sababli, masalan, nogironligi boʻlgan qoʻshningiz siz toʻlayotgan biror soliqni toʻlamayotgan va unga davlat imtiyoz
14
@edurtm_uz

bergan boʻlsa, siz buni tenglikning buzilishi deb tushunmasligingiz kerak. Aksincha, bu insoniylikni oʻzida mujassam etgan, adolatli qarordir.
Shaxsning huquqiy maqomiga uning fuqaroligi ham katta ta’sir etadi. Chunki shaxsda fuqarolik mavjud boʻlsa, u oʻzi yashayotgan jamiyatda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoki chet el fuqarolariga nisbatan koʻproq huquqlarga ega boʻlishi mumkin. Masalan, Oʻzbekistonda siyosiy huquqlarning tarkibiga kiruvchi davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi kabilar faqatgina Oʻzbekiston fuqarolariga taqdim etilgan huquqlar hisoblanadi. Albatta, bu bir qarashda fuqaroligi yoʻq shaxslar yoki koʻpdan buyon Oʻzbekistonda yashab keladigan chet elliklarga nisbatan adolatsizlikdek koʻrinsa ham, aslida davlatning xavfsizligi masalalarini hisobga olgan holda qabul qilinganini unutmasligimiz kerak.
Davlat oʻz fuqarolariga qoʻshimcha huquqlarnigina taqdim etib qolmasdan, ulardan qoʻshimcha burchlarni ham talab qilishi mumkin. Masalan, harbiy xizmat oʻtash burchi konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra, har bir Oʻzbekiston fuqarosi harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburligi ta’kidlanadi. Bu holatda bu kabi burchni ado etish fuqaroligi yoʻq shaxslar yoki koʻp yillardan buyon mamlakatimizda yashab kelayotgan chet el fuqarolaridan talab etilmaydi.
Demak, shaxsning huquqiy maqomi u yashayotgan jamiyatda unga qanday huquqlar, erkinliklar va burchlar taqdim etilishini koʻrsatar, shuningdek, u konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan mustahkamlab qoʻyilar ekan.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə