Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə7/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

INSON MANFAATI VA JAMIYAT MANFAATINING UYGʻUNLIGI

Ushbu bobdagi inson huquqlarini oʻrganishda “inson manfaati” hamda “jamiyat manfaati” tushunchalarini anglab olish juda ham muhim. Chunki inson jamiyatdan alohida hayot kechira olmaydi. U doim biron-bir jamiyatning a’zosi boʻladi. Ammo jamiyat a’zosi boʻlgan shaxsning manfaatlari ba’zida jamiyat manfaatlari bilan uygʻun boʻlsa, ba’zida bir-biriga zid kelib qoladi. Ya’ni biz faqat ma’lum bir shaxsning manfaatinigina oʻylasak, jamiyatdagi boshqa insonlarning manfaatlariga putur yetib qolishi mumkin. Ammo faqatgina jamiyat manfaatini (ommaviy manfaatni) hisobga oladigan boʻlsak, ma’lum bir insonlarning manfaatlari oyoqosti boʻlishi ehtimoli bor. Bu ularning inson huquqlari yoki davlat tomonidan ta’minlangan asosiy huquq va erkinliklari buzilishi mumkin deganidir.


Yolgʻizlik halokatga olib keladi. Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi. Jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy- huquqiy qonunlar zarur bo‘ladi. Zero, inson oʻziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qoʻlga kiritishi mumkin.
Abu Ali ibn Sino
Albatta, kelgusi hayotingizda siz ham oʻz manfaatlaringiz jamiyat manfaatlariga zid kelib qoladigan holatlarga duch kelishingiz mumkin. Jamiyat manfaatlari bu ommaning manfaatlari deganidir. Keling, bunga bir qancha misollarni koʻrib chiqamiz. Masalan, bir kishi tamakini xohlagan joyida chekishni, yana boshqa bir kishi esa avtomobil xavfsizlik kamarini umuman taqmaslikni hamda avtomobilda oʻtirgan boshqa yoʻlovchilar ham buni soʻramasliklarini xohlashi mumkin. Bir qarashda “tamaki ham, avtomobil ham oʻsha insonlarning mulki, ulardan qanday xohlasa, shunday foydalanaversin, ularda inson huquqlaridan biri boʻlmish mulkka boʻlgan huquq bor” deb oʻylashingiz mumkin. Ammo bu jamiyat manfaatlariga zid hisoblanadi va atrofdagilarga zarari tegishi mumkin. Shu sababli
9
@edurtm_uz

davlat mazkur holatda jamiyat manfaatlari insonning shaxsiy manfaatlaridan ustun ekanini tan oladi. Konstitutsiyaning 66-moddasida ham “Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak” degan qoida bejiz oʻrnatilmagan. Yana boshqa bir misol sifatida koronavirus tarqashi natijasida yuzaga kelgan pandemiya davridagi holatni keltirishimiz mumkin. Pandemiya davrida barcha insonlardan tibbiy niqob taqish talab etildi. Ammo insonlarda jamiyatda erkin yashash huquqi bor. Buni bahona qilgan ba’zi insonlar pandemiya payti boʻlishiga qaramay, “meni tibbiy niqob taqishga majbur qilish
– inson huquqlarining buzilishi”, degan gaplarni ham aytdi. Ammo pandemiya davrida tibbiy niqob taqishning talab qilinishi ham aslida jamiyat, ya’ni omma manfaatini oʻylab amalga oshirilganini inobatga oladigan boʻlsak, bu holatda ham jamiyat manfaatlari va ba’zi insonlarning shaxsiy manfaatlari oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelganini hamda jamiyat manfaatlari ustun koʻrilganini kuzatishimiz mumkin.



Chekish mumkin bo‘lmagan joylarda chekish jamiyat manfaatlariga zid.



Xavfsizlik kamaridan foydalanish ham siz uchun, ham atrofingizdagilar uchun foydali.

Pandemiya davrida niqob taqish sizga yoqmasa-da, jamiyat manfaatlari uchun muhim va foydali.













Jamiyat manfaati, ommaning manfaati deb inson huquqlarini cheklayverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Masalan, natsist Germaniyasi fashistik qarashlarini oʻtkazishda aynan “jamiyat manfaatlari va uning farovonligi insonlarning shaxsiy manfaatlaridan har doim ustun turadi” degan tushunchadan foydalangan va natijada koʻplab insonlarning huquq va manfaatlari toptalganiga tarix guvoh. Shu oʻrinda “Insonlarning shaxsiy man- faatlari jamiyat yoki jamoa manfaatlaridan ustun keladigan holatlar ham bormi?” degan savol tugʻilishi tabiiy. Masalan, kamsitish bilan bogʻliq holatlarda hech qanday jamiyat yoki jamoat manfaati degan masalaga oʻrin yoʻq. Ya’ni biror shaxsning tana rangi boshqacha boʻlsa yoki millati boshqa boʻlsa, bu jamoamizning, jamiyatimizning yoki biz yashayotgan hududning an’analariga, manfaatlariga zid deb kamsitishga aslo yoʻl qoʻyilmaydi. Quyida inson manfaati jamiyat manfaatidan yuqori oʻringa qoʻyilgan Germaniyada yuz bergan ishni e’tiboringizga havola etamiz. Oʻqing va xulosa chiqaring.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə