Savollar: 1 Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni



Yüklə 76 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü76 Kb.
#107300
1-topshiriq Nazorat savollari-WPS Office


1-topshiriq Nazorat savollariga yozma ravshda javob bering.
Savollar:
1 Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni.
2. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.
3. Rus va jahon madaniyatining Markaziy Osiyo madaniyatiga ta’siri.
Javoblar:
MADANIYATNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI
Madaniyatshunoslik fani tarix, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, sotsial psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, yangi sotsial gumanitar fan hisoblanadi. Uning tadqiqot obyekti ijtimoiy voqelik bo‘lgan madaniyat va inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilinishi bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida, madaniyat qoidalari institutlarning, qadriyatlarning jamiyat hayoti va rivojlanishidagi o‘rni, o‘zaro aloqalari jarayonlari o‘rganiladi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan esa, tashqi ta’sir – ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat-ruhiy kuch bilan bog‘liq.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi. Uning fikricha, «Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog‘lom fikr yuritishga o‘rganadi». Olim mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosa-bati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘irlab turadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zo‘r iste’dodga ega, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim»
Forobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda madaniyatli jamiyatning ko‘p masalalari í davlatni boshqarish, ta’lim -tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.Ma’lumki, inson, uning tabiati va imkoniyatlari to‘g‘risidagi masala asosiy masalalardan biridir. Tabiatning mavjudlik qonuni xilma-xil bo‘lganidek, insonning ichki tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat emas. Bu biron-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi bilan ham tavsiflanishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy- texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma’naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta’siri fikrimizning dalilidiG‘arbiy Yevropada «madaniyat» tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatining beqiyos ko‘lamga ega va doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ma’lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoji «madaniyat» tushunchasining keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Qadimgi Rimda «madaniyat» tushunchasidan «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan ma’noda ham foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur Rim faylasufi va notiq Sitseron ham «ruhiyat madaniyati» atamasini ishlatgan. ȿɜɪɨɩɚ xalqlarida XVIII asrningoxirlarigacha «madaniyat» atamasi «aqliy-axloqiy madaniyat» tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Ko‘rinib turibdiki, «Madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay, qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan.Sivilizatsiya – bu, avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyat-ning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.Sivilizatsiya í madaniyatning muayyan namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyat-siz, madaniyatning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o‘ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya’ni, terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan vaqtlarda madaniyat to‘g‘risidagi fikrning tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o‘z madaniyati bilan «qo‘shilib» yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiy-lashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko‘proq mustaqil bo‘lib boradi. Aksincha insonning madaniyatga tobeligi ortadi.Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham baja-radi. Insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa, í degan edi D. S. Lixachev, í u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va

qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi. O‘zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanish tarixi nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’no-da gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir1.


«Ziyolilik» tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’rifla-nishi jihatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelegentlilik deganda, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi.Madaniyatshunoslik fanining yana bir muhim vazifasi kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir.
Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘in-disidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqelik-lari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga, tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzluksizligi va mantiqiylikni shakllantiradi.Kursning tarbiyaviy funksiyasining tatbiq etilishi uni bilish funksiyasi bilan qo‘shib o‘rganishni talab etadi. Tarixiy davrlar madaniyatini o‘rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo‘yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o‘rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan bahramand bo‘lishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarxiy antropologiya í madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo‘ladi.Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushun-chasining qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi:
a) individual í shaxs madaniyati;
b) guruhiy madaniyat í milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy;
v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat
madaniyati) insoniyat madaniyati.
Madaniyatni qo‘llanish jihatidan turlarga bo‘lish munozarali bo‘lsa-da, ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni yo‘qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqur-
roq o‘rganish madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi.«Madaniyat» tushunchasi qo‘llanish jihatidan xilma-xil bo‘lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko‘nikib qolganmiz.

Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida foydalanish va shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib ishlatiluv-chi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning ijtimoiy maqomiga bog‘liqdir.Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda, ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va chiroyli narsalar bilan bog‘liq deb fikr qilinadi.

2. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.
Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat- mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoQ davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko‘lamining 99 foizini tashkil Qilgan holda zamonaviy madaniyatga beQiyos ta’sirini ko‘rsatib kelmoQda. O‘sha vaQtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko‘rinishlari bo‘lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor hozirga Qadar yo‘Qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang‘ich davri keyingi barcha o‘zgarishlarga zamin tug‘dirgani sababli bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
«Moziyga Qaytib ish ko‘rish xayrlikdir» – degan edi A. Qodiriy. «Dunyoda turmoQ uchun, – deb yozadi M. Behbudiy, – dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshQalarga poymol bo‘lur».
Ibtidoiy bosQichdagi madaniyat rivojining Qiyofasini Qayta tiklash o‘ta Qiyin vazifa. «Shahsiy guvohnoma, tarjimai hol, Qiyofadan mahrum, sukunatdagi o‘tmish, hodisasiz «uzoQ», (F. Brodel) «mudroQ», (E. Lerua-Ladyuri) tarix uchun ideal namuna kasb etib, tabiiy-ilmiy mantiQni yaratish, uslublar miQdori yoki ijtimoiy-iQtisodiy tushunchalar va dastlabki (ibtidoiy jamoa) ijtimoiy tuzum ta’limotini izohlash uchun mo‘lajallangandir»1.Olimlar to‘plagan ma’lumotlar 2 xil bo‘lib:
I. Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishini, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug‘ olamga chiQardi. Bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan emperik (tajriba) tahlilni yuzaga chiQardi va ibtidoiy bosQichni umum Qabul Qilgan tasnifiga asos soldi:Paleolit-Qadimgi tosh asri,

Neolit – yangi tosh asri.


Paleolit bosqichining o‘zi ham ilk (Quyi) va so‘nggi (yuQori) davrlarga bo‘linadi. Shuningdek, poleolit va neolit bosQichining o‘rtasi mezolit – o‘rta tosh asri davriga bo‘linadi.


II. Etnografik ma’lumotlar- zamonaviy xalQlar va hozirgi vaQtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko‘ruvchilarning hayoti haQida. Bu ma’lumotlar saQlanib Qolgan arxaik madaniyat ko‘rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o‘xshashliklar bo‘yicha Qayta tiklashga yordam beradi.
Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf Qo‘li sohilidan topilgan Qadimgi tosh Qurollari) to eramizgacha 2 ming yilgacha (mehnat Qurollarini jezdan tayyorlay boshlagan davrgacha) bo‘lgan vaQtni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida paleolit bosQichidagi eng uzoQ davr ilk poleolit bo‘lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogonez jarayonining sodir bo‘lishi, Qazib topilgan gominid QoldiQlarining alohida turlari yashagan davrlarda (zinjantrop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshQalar,) madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: Qo‘pol tosh Qurollari tayyorlash (kesgich, tosh nayza, Qirg‘ich), olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning Qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof-muhit haQida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Desentrizm farazi insoniyat paydo bo‘lishini ikki o‘choQ-Afrika va Osiyo bilan bog‘laydi, zero hozirgi vaQtda eng Qadimgi odam Qoldig‘i ham Afrika mintaQasidan topilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston xududida Qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung‘ir g‘oridan topgan «fergantrop» Qoldig‘ining yoshi 700 ming yilga teng.
Ilk paleolitning oxirgi davri ko‘pincha alohida davrga ajralib «o‘rta» yoki «muste» deb nomlanadi (200 minginchi yildan 40 minginchi yilgacha). Bu Qonuniy hodisa bo‘lib, muste davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o‘sishi seziladi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo‘ldi. Neandertallar keng xududlarga tarQalib murakkab va turli xil Qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g‘orlaridan ayiQning bosh suyagi topilgan, maxsus o‘rnatilgan tosh supa olovdan Qoraygan, unda ma’lum marosim o‘tkazilgan. Neandertallar Qabri ko‘pincha SharQ-g‘arb yo‘nalishi bo‘yicha joylashib, murda «yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga Qayirilgan, yoniga tosh Qurollar Qo‘yilgan». Bu marosim udumi o‘limdan keyingi hayot mavjudligi haQidagi tasavvurning madaniyatdagi eng Qadimgi va barQaror paydo bo‘lganligidan dalolatdir. Neandertal Qabri O‘zbekistonning Teshiktosh g‘oridan (Surxandaryo viloyatidan) ham topilgan, shuningdek, o‘sha davrga oid ko‘plab manzilgohlar ochib o‘rganilgan (OmonQo‘ton, ZirabuloQ, Obirahmat, Ko‘lbuloQ, Uchtut va bosh.).Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so‘nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So‘nggi paleolitning boshlarida gominid evolyusiyasi yakunlanib zamonaviy «aQlli odam» turi paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshQa Qurollar notekis tarzda ko‘payishi natijasida tarkibiy Qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to‘Qimachilik paydo bo‘ladi. Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot-urug‘ tashkil topadi. Bu inQilobning mahsuli insonlarning asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo‘lib, insonlar uyushmasining iQtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishidagi tafovutlarga Qaramasdan tarixda saQlanib Qoldi.
Ma’naviy madaniyat dastlab juda sodda bo‘lib, o‘sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo‘lsada, biroQ yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to‘plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavvurlar paydo bo‘lib, tafakkur va nutQ rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’naviy rivojlanishini tezlashtirdi. O‘zlashtiruvchi ho‘jalikdan ishlab chiQaruvchi ho‘jalikka o‘tilishi bilim va tajribaning to‘planishi natijasida yuzaga keldi.
Dastlab, ibtidoiy odamlar oziQ-ovQat Qidirib o‘zi yashayotgan muhitni yaxshiroQ o‘rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabiatdagi mavjud iste’mol Qilishga yaroQli o‘simlik va mevalarni Qidirib topishi va kuzatishi natijasida botanika bilimlari to‘plangan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi shakllana boshladi. Bu jarayonlarni o‘rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.
Kasallikni davolash uchun o‘sha zamonning o‘ziga xos sodda tabobati bo‘lib, davolashda o‘simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uQalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.
Ibtidoiy odamlar tabiatni, iQlimni sharoitdan kelib chiQib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish Qobiliyati paydo bo‘ladi. Tarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog‘liQ bo‘lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan.
.3 Rus va jahon madaniyatining Markaziy Osiyo madaniyatiga ta’siri.
Markaziy Osiyoda temuriylar davrqsa madaniyagg klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi, Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo‘lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanat o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566) ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o‘rin olgan. Mamlakatda hunar va savdo ishlarining ri- vojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi kengayishiga tasir ko‘rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo‘lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning marakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati sher yozib turganligi o‘sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak sa- viyada ekanligdan dalolat beradi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki ko‘plab adabiy va tarixiy asarlar o‘zbek tilida yozildi. Muallifi nomalum «Nuxratnoma» Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlari o‘zbek tilida yozilgan. Bundan tashqari mashxur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning ta- rixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si, Ulug‘bekka bag‘ishlangan «Muntahabi jome va tovorixi shohiy» degan asarlari o‘zbek tilida yozilgan.zbek tilida yozilgan.
Binolar bezashda mayda o‘simlik-naqshli parchinlar ishlatildi. Devorlarga Temuriylar davridagi usullar rivojlantirildi. Kabr toshlari yasashda yuksak badiiy darajada toshsharga yozuvlarni o‘yib bitish rivojlandi.
Shayboniylar davrida fanning qator tar moqlari rivojlandi. 1693 yilda Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim»- yetti iqlim degan jugrofiya-biologiyaga oid lug‘at tuzadi. Unga Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muhammad Husayn as-Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozadi. U ko‘z tabibi shoh Li ibn Sulaymon Navro‘z Ahmadjon huzurida ishlab, kasalliklar haqida «Tabiblik dasturul-amali» risolasini bigadi. Musiqa ilmiga oid buxorolik Navkabiyning asari ham XVI asrda bu sanat rivojidan darak beradi. Bundan tashqari xattotlik sanatining rivojiga ulkan hissa ko‘shgan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hirviy, Mahmud Ali Shiqobiy kabi husni hat ustalari ham ijod qilgan. 1586 yilda Darvesh Muhammad Buxoriy kalligrafiya sai'ati nazariyasiga oid asar yozadi. Shuningdek ko‘plab qo‘lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bezatildi.Tarixiy va adabiy asarlardan «Fatxnoma» Tarixi Abulxayrxokiy, Navoiyning asarlari shular jumlasidandir. Minnatyuralarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati aks etgiriladi va rassomlar voqyelikni realistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddii Yusuf, Keldi Muhammad va boshqalar rassomchilik san'atiga ulkan hissa qo‘shadi,
Xonliklar davrida qurilish inshootlari turlari yanada takomillashadi, ko‘plab jamoat binolari (karvonsaroylar, ko‘priklar, sardobalar, hammom, va boshqa savdo rastalari) quriladi. Monumental binolarning tarixi, qiyofasi o‘zgaradi, hunarmandlar uyushmalari vujudga keladi. Buxoro shahri balandligi 10 metrli devor bilan o‘ralib, shahar darvozalari qurildi, yirik binolar qurshida (Mir Arab madrasasi, Xo‘ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq me'morchiligi an'analaridan foydalanildi. Shahar tashqarisida ham monumental binolar qurildi. Jome' masjidlari saroy kabi serhasham qilib, madrasalar peshtoqli, minorali tarzda qurib, hovlilari to‘rt tomondan ayvon va hujralar bilan o‘raldi. Buxoro va Toshkengdagi Ko‘kaldosh madrasalari bunga guvohlik beradi.
Markaziy Osiyoda xonliklar va amirlik o‘rtasidagi nizolar bo‘lib tursada, ma'lum darajada dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq davom topdi. Fan, adabiyot, san'atning rivojlanishi ko‘proq saroy doirasida bo‘lib, ham diniy, ham dunyoviy asarlar yozildi. Garchi o‘z davri tarixnavisligi o‘sha xonlik va amirlikdagi siyosiy voqyealar salnomasini ifodalaydi, o‘sha davr ruhi aks etganligi bilan tarixiy ahamiyatga ega. Muhammad Yoqubning «Gulshan-ul mulk», Muhammad Mir Olimning «Tarixi Amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharining «Tarixi amir Haydar», Muhammad Hakimjon To‘raning «Muntaxabug tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir.Qo‘qon adabiy muhiti ko‘nlab shoir va shoiralar ijodi bilan boyidi. Ko‘qon xoni Umarxonning o‘zi «Amiriy» tahallusi bilan o‘zbek tilida gazallar yozgan. Uning rafiqasi Mohlaroyim «Nodira» tahallusi bilan fors-tojik tilida «Maknuna», «Komila» tahalluslari bilan she'rlar yozgan. Eri Umarxon vafot etgach, Nodira davlat ishlariga ham aralanshb, mamlakat xo‘jaligini yaxshilash, madaniy hayotni jonlantirish bo‘yicha muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘qonda madrasalar, karvonsaroylar, rastalar, yo‘llar qurdirdi. U o‘z atrofiga Uvaysiy, Mahzuna kabi qobiliyatli ijod ahlini to‘pladi. Bu davrda Fazliy Namangoniy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar ijod qilgan. Mushfiqiy Buxoro amiri Abdullaxon saroyida «Malikush-shuaro» unvoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, Fazliy Namangoniy Qo‘qon shoirlariga boshchilik qilgan, Umarxonning toshnirig‘i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to‘plami tuziladi. Bu davrda Ko‘qonda Xudoyorxonning saroy arki, Xivada turli obidalar qurildi.
Taxminan XVII asrda yashab ijod qilgan shoirlardan biri Turdi Faroshiy haqida ma'lumot beruvchi asosiy manba shoirning o‘z asaridir.U yuz urushning oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxoi saroyida e'tiborli kishilardan bo‘lgan, keyin saroydan chetlashtirilgan.Rus madaniyati ta'sirida xalq ma'rifatparvarlari shakllandi. Ular V. I. Gersen, N. T. Chernishevskiy, N.V. Dobrolyubovlar ta'sirida xalq ozodligi masalasini ko‘tarib chiqdilar. O‘rta asr qoloqligini tugatish, ta'lim-tarbiyaning ilg‘or usullarini joriy qilishni o‘z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol tariqasida rus maktablarini ko‘rsatdi. U A. S. Pushkinning bir qancha she'rlarini o‘zbekchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o‘zining hajviy she'rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o‘z she'rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.
XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo‘nalishda rivojtandi. Shohlik va saroy muhitini kuylovchi adabiyot hamda zo‘rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va dunyo madaniyagi ta'sirida mehnatkash xalq bilan bog‘liq Turkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi.
U musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu g‘oyat xavfli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavmlardagi jaholatni yo‘q qilib, ma'rifat orqali taraqqiy togpan mamlakatlarga tenglashish zarurligini birinchi bo‘lib turkiy qrim-tatar xalqining ulug‘ farzandi Ismoil G‘aspirali (1851-1914) tushunib yetdi. U jadidchilik harakatining butun turk dunyosidagi «g‘oyaviy otasi»ga aylandi.
Musulmon turkiy olamini jahon ma'rifati, ilmi darajasiga ko‘tarish g‘oyasini amalga oshirish maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo‘lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish ularla dunyoviy fanlarni o‘qitish masalasini ko‘tardi. Ismoil G‘aspiralining g‘oyalarini yoyishda «Tarjimon» gazetasining xizmati juda katta bo‘ldi. 1888 yilda uning «Rahbari muallimin» yoki «muallimlarga yo‘ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muhim voqyea bo‘ldi. U Buxoro, Turkistonga kelib jadid maktablarini ochishga urinadi. Uning shogirdlari Buxorolik Marjoniy, Domla Fozil, Mo‘minxo‘ja Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy Buxoroda jadid maktablarini ko‘paytirishga urinadilar. 1904 yilda «Mazaffariya» jadid maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkiston o‘lkasida 102 ta boshlang‘ich va 2ta o‘rta jadid maktablari bor edi.XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab «usuli jadid» maknabdari ochildi. Uni bitirganlar orasida Turkiston ma'naviy-ma'rifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy ta'sir qiladigan zabardast namoyondalar ajrilib chiqdi. Uning birinchi qaldirg‘ochtari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Lutfulla Olimiy, Muhammadsharif So‘fizada, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, H.H. Niyoziy kabi o‘nlab ulug‘ zotlardir. Jadidlar maktab va ma'rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa kasb etgunga qadar davom qildirib, Turkistonda milliy mustaqim davlat barpo etishga urinish bilan eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildilar.
Turkistonda ma'rifatparvarlik harakati ikki bosqichda kechdi. Birinchi davrda feodal tuzum va tartiblarini tanqid qilish, madaniy yangiliklarni egallash, Ovropaning turli tillarini o‘rganishni targ‘ib qilish, yangicha ilm-fanning ahamiyatini ko‘tarish kabi masalalar olg‘a surildi. Ahmad Donish, Avaz o‘tar. Furqat, Muqimiy, Zavqiy singari ma'rifatparvarlar yetishib chiqdilar.
Ikkinchi bosqichda ma'rifatchiliqdan jadidizm o‘sib chiqdiki, u endiliqda yangicha ta'lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo‘lga qo‘yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash maorif-madaniyatda yangi tartiblarni o‘rganish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni qo‘yish darajasiga ko‘tarildi. Jadidchilik harakati turkiy millatlarning ma'naviy-madaniy ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma'rifatparvar, ilg‘or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o‘qish kitoblari, qo‘llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar bu sohada jonbozlik ko‘rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o‘lkadagi ma'rifatparvarlik harakatlari bilan ham aloqa o‘rnata boshladilar. Bu davrda Turkistonda ma'rifatparvarlik va jadidchilikning turli, yangi ta'lim-tarbiya, o‘quv-o‘qituv masalalarini o‘zida aks ettiruvchi juda ko‘p jurnallar nashr etildi. «Taraqqiyot», «Oyna», «Tujjor», «Sadoyi Turkiston», «Samarqand» kabi jurnallar shular jumlasidandir.Ma'rifatchiyaik harakati ayniqsa o‘zining rivoj topgan bosqichida Turkistonda o‘zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan holda mustaqil ma'naviy taraqqiyot yo‘lini qidirish va targ‘ib egish masalalarini olg‘a surdi. Bu harakat rus podsho hokimiyatining mustamlakachilik siyosatiga zarar keltirishdan cho‘chigan chorizm amaldorlari uni chegaralash va bo‘g‘ib qo‘yish chora tadbirlarini ko‘ra boshladilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta'lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar paydo bo‘ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar harakati vujudga keldi.
1917 yiddagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr pnqiloblari uning mustamtakasi bo‘lmish Turkistonda ham to‘ntarishlarga olib keldi.Sovet davridash juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta'sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv taraqqiyotnint bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo‘lganidek, O‘zbekistonning ma'naviy hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu yillar davomida respublika madaniyati umuman muayyan muvaffaqiyatlarni qulga kiritdi. Madaniyag, maorif muassasalarining tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi, bularni moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, aholining umumiy bilim darajasi o‘sib, ijodiy ziyoliylar safi kengayib bordi. Talaygina ajoyib badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yarataldi. Madaniyat va san'atning rivojita istedodli yoshlarning butun bir katta guruhi qo‘shildi, maishiy o‘z-o‘zini anglashning o‘sish jarayonlari belgi berib qoldi
Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə