Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə1/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan


  1. Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan?

Yangi usul maktablari — musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod oʻrgatgan va yangilik gʻoyalarini ilgari surgan oʻquv yurtlari. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884-yil maʼrifatparvar Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u "usuli savtiya tadrijiya" ("rivojlanuvchi tovush usuli") maktabi boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning rivojlanishi bu sohalarni boshqara oladigan shaxslarni yetishtirish ehtiyojini tugʻdirdi. Koʻp asrlik maktabxonalar yoshlarga zarur dunyoviy bilim va koʻnikma bermas edi. Shuning uchun yangi usulda taʼlim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893-yil Buxoro amiri Abdulahadxon ruxsati va Moʻminxoʻja Vobkendiy va gʻijduvonlik Domla Fozil saʼyharakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Oʻzbekiston hududida keyingi Yangi usul maktablarim. 1898-yil Qoʻqonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida tatar muallimlari tomonidan ochilgan (oʻzbeklar bu davrda bunday maktablarni "noʻgʻoy maktab" deb atagan). 1900-yildan boshlab Toshkentda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonov, Samarqandda Abduqodir Shukuriy (Shakuriy) tashkil qilgan Yangi usul maktablarim. ish boshlagan. Bunday maktablar Andijon va Namanganda, Xiva xonligida ham ochilgan. 1908-yil Buxoroda A. Burhonov tomonidan tashkil etilgan boshqa yangi usul maktabi koʻp oʻtmay yopib qoʻyilgan. Yangi usul maktablarim.da maktabxonadagi yakka oʻqitish usulidan sinfda dars berish usuliga oʻtildi, sinflarda geogr. xaritalari, globus va boshqalar koʻrgazmali qoʻllanmalar paydo boʻldi. Yangi usul maktablarim.da xatsavod bolalarning ona tilida tovush usuli — usuli savtiyaaa oʻrgatilgan. Maktablar asosan 1— 4sinfdan iborat boshlangʻich maktablar boʻlgan. 1913/14 oʻquv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1bosqichi tahziriy (boshlangʻich) sinflar, 2bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M.Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevttt Qoʻqondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5— 6sinf) ham ish boshlagan.
YA.u.m. uchun maxsus binolar qurilmatan. Ular xususiy boʻlib, koʻp hollarda maktab uchun muallimning oʻz uyidan yoki biron boʻsh turar joy binolaridan hamda baʼzi shaxslarning tashqi hovlilaridan foydalanilgan. Chor hukumati amaldorlari bunday maktablar milliy madaniyatning oʻsishiga yordam berishidan choʻchib, podsho hokimiyati uchun xatarli deb hisobladilar. Shuning uchun ularning faoliyatini boʻgʻib qoʻyadigan turli tadbirlar qoʻrildi. Xususan, 1911-yilda mahalliy millat maktablarida (rustuzem maktablaridt tashqari) oʻquvchilar qaysi millatdan boʻlsa, muallimlar ham shu millatdan boʻlishlari lozim degan qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida tatar muallimlari ishdan boʻshatilib, bir necha oʻnlab Yangi usul maktablarim. yopib qoʻyildi. Yangi usul maktablarim.ning biron joyda rasmiy tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi, dasturi boʻlmagan. Darslar muayyan maktab rahbari va muallimlari tomonidan tuzilgan oʻquv rejasi va darsliklar asositsa olib borilgan. Mas, A. Shukuriy oʻz maktabining 1 va 2 bosqich sinflari uchun oʻquv dasturi va rejasini Behbudiy bilan birgalikda tuzgan. Yangi usul maktablarim.da dunyoviy fanlar bilan bir qatorda diniy darslar ham oʻqitilgan. Alifbe kitobi bilan "Alifboyi Qurʼoniy" ham oʻrgatila boshlangan. Dunyoviy fanlardan fizika, kimyo, geom., arifmetika, geogr., ayrim maktablarda 4sinfdan rus tili ham oʻqitilgan. Rus tilidan imtihonlar Toshkentdagi 2 bosqichli rustuzem maktabida oʻtkazilgan va oʻquvchilar bilimi 5 balli tizim asosida baholangan. Yangi usul maktablarim.da yuqori sinflar uchun fizika, kimyo, geom. kabi oʻquv fanlaridan oʻzbek tilida darslik, oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagan. Muallimlar bu fanlar boʻyicha tatar, turk tillarida nashr qilingan qoʻllanmalardan foydalanishga majbur boʻlganlar. Ayrim muallimlar oʻzlari darsliklar yozib, shu asosda taʼlim berganlar. Saidrasul Saidazizov "Us todi avval" (1902), Behbudiy "Risolai asbobi savod" (1904), "Risolai jugʻrofiya umroniy" (1905), Munavvarqori "Adibi avval", "Adibi soniy" (1907), Abdulvohid Burhonov "Rahbari xat" (1908), Avloniy "Birinchi muallim" (1910), "Ikkinchi muallim" (1912), Rustambek Yusufbek oʻgʻli "Taʼlimi avval", A.Ibodiyev "Tahsilul alifbo" darsliklarini yozib nashr etishdi.
YA.u.m.ga hukumat hech qanday yordam bermagan. Maktablar bolalarning otaonalaridan har oyda olinadigan mablagʻ hisobiga ishlagan, muallimlarga ham shu hisobdan maosh toʻlangan. Yangi usul maktablarim. da may oyi oxirlarida ota-onalar va mehmonlar ishtirokida imtihonlar oʻtkazilgan. Imtihonda bolalar Qurʼon suralarini yod aytishni, oʻzbek tilidan oʻqish va yozishni, hisobdan 4 amalni oʻrganganliklarini namoyish qilganlar. Yangi usul maktablarim. zamonaviy oʻzbek milliy maktablarining ilk bosqichi boʻlgan. Bu maktablar tajribasi asosida faqat alifbe va oʻqish kitoblarigina emas, oʻzbek tilining qonunqoidalari yoritilgan "Turkcha qoida" va "Imlo" kabi dastlabki oʻquv qoʻllanmalari yaratilgan. 1918-yilgacha Oʻzbekiston hududida 104 Yangi usul maktablarim. boʻlib, ularda 10343 bola oʻqigan. Yangi usul maktablarim. 1918/19 oʻquv yilidan davlat maktablariga aylantirilib, xalq maktablari nomini olgan

  1. Jadidlar tomonidan nechanchi yili gazetalar nashr qilindi. Gazetalar nomini ayting

Jadidchilik harakati davomida ularning oʻz matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905—1906-yillarda „Taraqqiy“ (muharriri — Ismoil Obiliy), „Xurshid“ (muharriri — Munavvarqori), 1907—1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri — Abdulla Avloniy), „Osiyo“ (muharriri — Ahmadjon Bektemirov), „Tujjor“ (muharriri — Saidkarimboy Saidazimboy oʻgʻli), Buxoroda 1912-yilda „Buxoroyi sharif“ (muharriri — Mirzo Jalol Yusufzoda), „Turon“ (muharriri — Gʻiyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913-yilda „Samarqand“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda „Sadoyi Turkiston“ (muharriri — Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev), Qoʻqonda „Sadoyi Fargʻona“ (muharriri — Obidjon Mahmudov) gazetalari va Samarqandda 1913—1915-yillarda „Oyina“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“ (muharriri — Abdurahmon Sodiq oʻgʻli) jurnallarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917—1918-yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri — Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari — Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), „Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda, Abdulla Avloniy), „Ulugʻ Turkiston“ (muharriri — Kabir Bakirov), „Shuroy Islom“ (muharriri — Abdulla Battol), „Turk soʻzi“ (muharriri — Temirbek Xudoyorxonov), „Turk eli“ (tahririyati), Samarqandda „Hurriyat“ (muharrirlari — Mardonqul ShohmuhammadzodaAkobir ShomansurovFitrat), Qoʻqonda „Tirik soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov), „El bayrogʻi“ (muharriri — Boʻlat Soliyev) gazetalari va „Kengash“ (muharriri — Hamza), „Yurt“ (muharriri — Ashurali Zohiriy) jurnallari chop qilindi.
Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909-yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambagʻal musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi.
Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda oʻtadigan Davlat dumasiga aʼzolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqoriyevga Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina ijtimoiy talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda Sadri MaqsudiyMuso JorillohAlimardon Toʻpchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan koʻp oʻtmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.
Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906—1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini anglab, uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Choʻlpon sheʼr va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev oliy oʻquv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berish masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chogʻida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi.
Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda „Erk“, „Turon“, „Oʻqituvchilar jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi. Munavvarqori aytganidek, „Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi“.
Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir. Mardikorlikka olish — Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865-yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general Aleksey Kuropatkinning xulosasiga qaraganda, „Aholi va maʼmuriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir ogʻir tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning koʻzga koʻringan namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev („Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmoʻminboyev Rossiya jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat dumasining 1916-yil 13- va 15-dekabr kunlari oʻtgan majlisida Nikolay IIning 25-iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha eshelon toʻxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil feval inqilobi boshlanishi bilan toʻla amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obroʻsini koʻtardi. Mazkur holat jadidlar maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.



  1. Behbudiy nechanchi yilda gazeta va jurnallari chiqara boshlaydi va ularning nomi


Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə