Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə8/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Ikkinchidan, sipohu raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqladim. Do‘st-dushmanni murosayu madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini sabr-toqat va chidam bilan o‘tkazdiim. Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi...
Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim. Ish ko‘rgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim”, deb qayd etiladi asarda.
“Temur tuzuklari” talablari doirasida Amir Temur o‘z saltanatini o‘n ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamlagani tarixdan yaxshi ma’lum. Bu haqda: “Saltanatim martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-qoidalarni ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim”, deydi Sohibqiron hazratlari.
“Temur tuzuklari”da davlat boshqaruvining har bir sohasi va har qaysi mansab darajasi bo‘yicha muayyan tuzuklar bitilgan. Amir Temur 12 ta eng muhim tuzukni o‘ziga shior qilib olgan va saltanatni tasarrufida saqlash uchun ularga qat’iy amal qilgan. Binobarin, ulug‘ ajdodimiz e’tirof etganidek, “O‘z tajribamdan sinab bildimki, agar qay bir podshoh shu o‘n ikki narsaga ega bo‘lmas ekan, saltanatdan bebahra qolur”.
Shunday qilib, 27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat asoschisi Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay yirik davlat arbobi, mohir diplomat, ulug‘ sarkarda, ilmu madaniyat homiysi, haq va adolatning jasoratli yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida o‘zidan unutilmas va barhayot ta’limotlar, to‘ra-tuzuklar qoldirgan.
Temur tuzuklari” va O‘zbekiston Konstitutsiyasi
Amir Temurning huquqiy qarashlari va qonunchilik tizimi butun Temuriylar saltanatida hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topib, ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Jumladan, Buyuk Ipak yo‘li xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilganki, bu bilan savdo-tijorat rivojiga katta hissa qo‘shgan Sharqu G‘arb mamlakatlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasining uchinchi bandida ushbu Asosiy Qonun “o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib” qabul qilindi, deb ta’kidlangan. Albatta, o‘zbek davlatchiligi rivoji tarixiy tajribasining eng muhim qismi – Amir Temur va temuriylardan meros huquqiy, siyosiy va tarixiy manbalardan, ayniqsa, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma”, “Jahongir tuzugi”, “Humoyunnoma”, “Zafarnoma” kabi ko‘plab nodir asarlardan iboratdir.
Sohibqiron qoldirgan qonuniy me’yorlar va huquqiy normalardan Konstitutsiyamizning turli qism va boblarida, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti”, “Vazirlar Mahkamasi”, “Sud hokimiyati”, “Mudofaa va xavfsizlik” boblarining muayyan moddalarida, zamon talablarini nazarda tutgan holda, ijodiy foydalanilgan.
Qonunga asoslangan tizimning ahamiyatini chuqur anglagan Amir Temur haqli ravishda “Kuch – adolatda” degan oliy me’yorni o‘ziga shior qilib olgan va hatto ushbu hikmatni uzuk-muhriga o‘yib yozdirgan. Bu haqda Ibn Arabshoh shunday guvohlik beradi: “Temur tamg‘asining naqshi “Rosti rasti” bo‘lib, bu “haqgo‘y bo‘lsang, najot topasan” demakdir”. Sohibqironning bu purhikmat so‘zlari bugun ham qudratli demokratik huquqiy davlat qurish uchun asosiy yo‘llanma hisoblanadi.
Amir Temurning huquqiy qarashlari va amaliy faoliyati har doim adolat va insof me’yorlari bilan hamohang bo‘lgan. Ulug‘ Sohibqiron o‘z davlati hududlarida tuzuk-to‘ra va shariat qoidalari ustuvorligini amalda ta’minlagan. Bu haqda, jumladan: “Sipohiylarimni hamisha jangga tayyor holda tutdim; oylik haqlarini so‘rattirmay vaqtida berardim. Chunonchi, Rum yurishida sipohiylarimga o‘tgan va kelajakda qiladigan xizmatlari uchun yetti yillik oziq-ovqatlarini birvarkayiga berdim”, deyiladi “Temur tuzuklari”da.
Bundan tashqari, Sohibqiron saltanatida kasbu hunar va ma’rifat ahli muntazam ish bilan ta’minlangan. Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tekin uchun zarur urug‘lik va mehnat qurollari tayyorlab berilgan. Inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Amir Temur asos solgan buyuk davlat o‘zining turli bosqichlarida – ham Turon, ham Xuroson, ham Eron, ham Hindistonda adolat me’yorlariga asoslangan tuzum sifatida olam ahlining diqqatini o‘ziga tortib, hanuz tarixiy ahamiyatini yo‘qotmagan. bugungi kunda Sohibqironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o‘rnak vazifasini o‘taydi. Zero, bundan olti asr burun Movarounnahr sud tizimida o‘ziga xos tartib va qoidalar mavjud bo‘lgan.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə