Yangi usul maktablari


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə3/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼrmaqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal KavkazTataristonEronAfgʻonistonHindistonTurkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).

Sayohati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Behbudiy 1914-yil 29-mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida BayramaliAshxobodKrasnovodskKislovodskPyatigorskJeleznovodskRostovOdessa shaharlarida boʻladi, 8-iyunda Istanbulga keladi. Undan Adarnaga o'tib, yana Istanbulga qaytadi va 20-iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng QuddusBayrutYofaHalil ar-Rahmon, PortSaid, Shom shaharlarida boʻladi. Sayohat xotiralari „Oyna“ jurnalida bosilib turadi. Bu „xotiralar“ har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Turli-tuman millatlar, ularning urf-udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat beradi.

Oyna“ jurnali[tahrir | manbasini tahrirlash]


„Oyna“ jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq „Ikki emas, toʻrt til lozim“, degan maqola bilan chiqib, oʻzbektojikarabrus va hatto biror uzoq xorij (masalan, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi („Har millat oʻz tili ila faxr etar“ –1914, № 35), oʻzaro munosabatlari („Til masalasi“ – 1915, № 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini koʻtardi („Tanqid saralamoqdir“ – 1914, № 27). Millat shaʼnini oyoqosti qiluvchi fikrqarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini oʻz nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi („Sart soʻzi majhuldur“ 1915, № 22,23,25,26).

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə